3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3 мавзу паразитология (1)

Burgalar (Aphaniptera) 
turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDHda 
400 
dan 
ortiq 
turi 
uchraydi. 
Burgalar 
to‘liq 
metamorfoz 
bilan 
rivojlanadigan 
qanotsiz 
hasharotlar 
bo‘lib, 
ular 
asosan 
obligat 
gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemi-zuvchilarda, shu 
jumladan odamda) qon so‘rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda 
burgalarning 
310 
ta 
turi 
aniqlangan. 
Burgalar mayda ektoparazit bo‘lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi 
ikki yonidan siqilgan bo‘lib, to‘q sariqdan to jigar-ranggacha bo‘lishi mumkin. 
Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi 
orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo‘ladi. Mana shunday tukchalar 
boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo‘ladi. Tukchalar burgaga 
xo‘jayinning jun va patlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat 
yaratadi. 
Burgalarning 
ko‘zlari 
va 
sanchib-so‘ruvchi 
og‘iz 
apparati 
bo-shida 
joylashadi. Og‘iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag‘lar uzun 
ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo‘lib, terini teshish uchun xizmat 
qiladi. Ular asosida so‘lak bezlari nayi va 1 juft kalta pastki jag‘ 
paypaslagichlari joylashgan. Yuqori labi o‘zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil 
qiladi. 
Pastki 
lab 
reduksiya-langan, 
shunday bo‘lsa-da, pastki lab 
paypaslagichlari yaxshi taraq-qiy etgan. Ular tarnovsimon bo‘lib, bir-biriga 
zich taqalib turadi, natijada sanchuvchi apparat qanotlari g‘ilofini hosil 
qiladi. Ko‘k-rak qismida 3 juft oyoqlari bo‘lib, keyingi juft oyoqlari kuchli 
rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan 
sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm 
uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan bo‘lib, 
orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida 
stigmalar 
ko‘rinadi. 
Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin 
bo‘limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo‘ladi, shu joyda murakkab 
kopulyativ 
apparati 
joylashgan. 
Urg‘ochilarining 
jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug‘ qabul qiluvchi pufakcha 
ko‘rinishida tuzilgan. Urg‘ochi burga hayoti davomida 400-500 tacha tuxum 
qo‘yadi, 
bir qo‘yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini 
organik chirindilarga boy bo‘lgan joylarga, ya’ni pol tirqishlariga, 
to‘shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar 
iniga 
qo‘yadi. 
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 
kundan 15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit 


sharoitiga, ayniqsa, harorat va namlikka bog‘liq. Lichinkalari rangsiz, 
pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo‘lib, ikki qanotlilar 
lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Lichin-kalar chiriyotgan organik moddalar bilan 
oziqlanadi. Ular pilla ichida g‘umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga 
qarab burgalar-ning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. /umbakdan
chiqqan voyaga yetgan davri - imago - faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan 
burgalar 
2-5 
yil 
umr 
ko‘radi. 
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so‘radi. Ular asosan 
(95%) sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. 
Burgalar muayyan turdagi xo‘jayin bilan juda mahkam bog‘-lanmay, bir turdagi 
hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga va odamga o‘tishi mumkin. Bunday 
gematofag hayvonlarga 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin