3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar


Tikanli bitlar (Echino-phthiridae)



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#167237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3 мавзу паразитология (1)

2. Tikanli bitlar (Echino-phthiridae)
oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida 
parazitlik qi-ladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o‘xshagan 
tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Tyu-lenlar burun teshiklarining oldida tyulen 
biti 
parazitlik 
qiladi. 
3. 
Pedikulidlar 
(Pediculidae) 
oilasiga 
faqat 
odam 
va 
odam-simon 
maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlarning 3 turi 
yashaydi, 
ya’ni 
bosh 
biti, 
kiyim 
biti 
va 
qov 
biti uchraydi. Qov biti odam badanining tukli joylarida (qovda, qo‘ltiq tagi junida, 
soqolda 
va 
hatto 
qosh 
hamda 
kipriklar 
orasida) 
uchraydi. 


Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko‘rinib 
turadi. Ko‘krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajral-magan. Bitlar ichida 
eng kichigi (erkagi – 1 mm, urg‘ochisi – 1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 
kungacha 
yashaydi. 
Qov biti ftirioz kasalligini qo‘zg‘atadi. U o‘zining yassi tanasi bilan 
odam terisiga mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib bitta joyda 
121 
qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so‘radi, chaqqan joyi tinimsiz 
kechayukunduz qichiydi va ko‘karib qoladi. Uning so‘lagi gemoglobinni 
parchalaydi, 
shuning uchun chaqqan joyi ko‘karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy 
o‘rin-ko‘rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa 
odamga o‘tadi. Qov bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlan-magan. 
Aksincha, odamda yashaydigan bitlarning boshqa turlari – bosh biti va kiyim 
biti 
turli 
kasalliklarni 
tarqatuvchilar 
sifatida 
xavflidir. 
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pedi-culus 
humanus capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning 
uchun ular bitta turning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi. 
Bosh biti sochlarda bo‘lib, o‘z tuxumini (sirkalarni) sochga yopishtirib 
qo‘yadi. Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg‘o-chisiniki esa 4 mm 
atrofida 
bo‘ladi. 
Rangi 
to‘q 
kulrang. 
Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga 
sirka qo‘yadi. Uning tanasi och kulrang bo‘lib, urg‘ochisining kattaligi 4-5 mm ga 
boradi. Qorin segmentlarini ikki yonidagi pigment dog‘lar och rangda, 
tanasini qoplab turgan xitinli qopla-masi juda yupqa bo‘lib, hatto so‘rilgan 
qon ko‘rinib turadi. Bitlar hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni 
bilan ovqatlana-digan, doimiy ektoparazitdir. Bir kunda 2-3 marta 3-10 
minut davomida qon so‘radi, ovqatsiz 10 kungacha yashashi mumkin. 
Kiyim biti harakatchan, 27
0
S li haroratda 1 minutda 35 sm harakat 
qiladi. Otalangan urg‘ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) qo‘yadi. 
Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum 
qo‘yadi. Tuxumdan bir haftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum 
qo‘yishidan 
boshlab, voyaga yetgan bitga aylan-guncha rivojlanish davri 16-20 kunga to‘g‘ri 
keladi. Voyaga yetgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo‘lgani 
uchun parazitlarning soni qisqa vaqt ichida ko‘payib ketishi mumkin. Bitlar 
qon bilan ovqatlanganda, odam terisiga o‘z so‘lagini tushiradi. Chaqqan joylar 
qichishadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo‘ladi. Bitlab ketgan odam 
(qarovsiz qolgan bolalar, qariya-lar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. 
Pedikullyoz avj olishi natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, 
koltun degan kasallikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu kasallikda jarohatlangan 
teridan qon chiqib, jarohatlar yallig‘lanadi, yiringlaydi va sochlar birbiriga 
yopishib 
qoladi. 
Bitlar shuningdek og‘ir kasalliklarni-(toshmali va qaytalama terlama 
(tif) 
tarqatuvchilari 
hisoblanadi. 
Toshmali 
tif 
bilan 


og‘rigan bemorning tana harorati ko‘tariladi, badanida shu kasal-likka xos 
bo‘lgan toshmalar paydo bo‘ladi, boshi og‘riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. 
Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon urushlarida qanchadan-qancha 
odamlar 
qirilib 
ketgan. 
Toshmali 
terlama 
kasalligining 
chaqiruvchisi 
Provachek 
rik-ketsiyalari 
bo‘lib, bemorlarni qonida bo‘ladi. Birinchi marta 1910 yilda amerikalik olim 
G.T. Rikkets tomonidan kasallikning chaqi-ruvchilari toshmali tif bilan 
og‘rigan bemorlarning qonida va ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida 
aniqlangan. Lekin olim o‘zining bu tajribasini oxiriga yetkaza olmay o‘ziga 
122 
yuqqan toshmali tifdan o‘ladi. Kasallik chaqiruvchisini aniqlashda va yuqish 
yo‘lla-rini o‘rganishda chex olimi S.Provachekning hissasi katta bo‘ldi, ammo u 
ham o‘z tajribalarini nihoyasiga yetkaza olmadi, chunki u rikketsiyalar bilan 
zararlangan bitlar ustida ish olib borib, tajriba uchun o‘ziga kasallikni 
yuqtiradi va bu kasallikdan 1915 yilda o‘ladi. Bir yildan keyin kasallik 
chaqiruvchilari to‘liq o‘rga-nilib, ikkala olim sharafiga Provachek rikketsiyasi 
deb 
nomlanadi. 
Toshmali tif qo‘zg‘atuvchilarining bemor qonida bo‘lishini aniqlashda 
rus shifokori O.O. Mochutkovskiy (1845-1903) fidoiy-lik ko‘rsatadi. U 
toshmali tif bilan og‘rigan bemor qonini o‘ziga in’eksiya qiladi va 18 kundan 
keyin ushbu kasallikning og‘ir ko‘ri-nishiga uchraydi. Bit bemor qonini so‘rar 
ekan, o‘ziga kasallik qo‘zg‘atuvchilarini yuqtirib oladi. Rikketsiyalar bitlar 
oshqozonida ko‘payadi va axlati bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar 
bit 
orqali 
ikki 
yo‘l 
bilan 
sog‘lom 
odamga 
o‘tishi 
mumkin: 
1. Qonni so‘rganda, ya’ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bit-ning og‘iz 
apparati orqali (ayrim ma’lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin 
zararlangan bitlarning so‘lak bezlarida kasallik qo‘zg‘atuvchilari topilmagan); 
2. 
Badanning 
bit 
axlati 
qolib 
ketgan 
joyi 
qashilganda. 
Ma’lumki, bit qon so‘rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar 
axlatida rikketsiyalar bo‘lib, chaqqan joylar qashilganda, jarohatlangan teri 
orqali 
yuqadi. 
Qaytalama 
terlama 
kasalligining 
tarqatuvchisi 
ham 
bitlardir. 
Qaytalama terlama kasalligining meyer spiroxetasi bo‘lib, bemor qoni bilan 
birga bit oshqozoniga va u yerdan bit tanasi bo‘shlig‘iga tushadi. Spiroxetali 
bitlar odamni chaqqanda unga kasallik yuqtir-maydi. Bit ezilganda uning 
tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qash-langan joyga tushgan taqdirdagina 
odamga kasallik o‘tadi. Bitning bitta mo‘ylovi ezilsa kifoya, bir tomchi 
gemolimfa 
tushgan 
joyidagi 
teri 
orqali 
spiroxetalar 
yuqadi. 
Bitlar og‘ir sharoitda, odamlar bir joyda to‘planib anti-sanitar holatda 
yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati 
bo‘lmaganda ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, ochar-chilik va urush yillarida bitlar 
keng tarqalgan. Hozirgi sharoitda ham odamlar g‘uj bo‘lib yashaydigan joylar, 
ya’ni bog‘cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning 
tarqalishi 
uchun 
qulay 
joylardir. 
Kasallikning 
oldini 
olish 
pedikullyozni 
yo‘qotishdan 
iborat. 
Ichki 


kiyim va o‘rin-ko‘rpalarga issiqlik yoki bug‘ bilan ishlay-digan kameralar 
yordamida (100
o
S da) ishlov berilsa, bitlar tamo-mila qirilib ketadi. Shu 
bilan birga, shaxsiy gigiena qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak. Yana 
shuni ham eslatib o‘tish kerak-ki, rikketsiyalar o‘lib, qurib ketgan bitlar 
tanasida ham ancha vaqt tirik holda saqlanishi mumkin, hatto qurib ketgan 
bitlarning axlatida ham uzoq vaqtgacha o‘zining yuqumliligini yo‘qotmaydi. 
Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik bo‘lishi shart emas, balki bemor 
kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning axlati yoki o‘ligi ham 
kasallik 
yuqishiga 
sababchi 
bo‘lishi 
mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin