kemiruvchi tipda tuzilgan. /umbaklari harakatchan bo‘ladi.
Bu kenja turkumga
qon so‘ruvchi chivinlar, iskabtoparlar, moshkarlar, g‘urra yasarlar, uzunoyoqlar,
zaxkashlar va boshqa oilalar kiradi. Qon so‘ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar
deb
ataladi.
Gnus-lar
vaqtinchalik
parazitlar
hisoblanadi.
Qon
so‘ruvchi
chivinlar
(Culicidae)
oilasi
vakillarining
og‘iz
organlari sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan,
erkaklari gul nektari bilan
oziqlanadi, urg‘ochilari esa qon so‘radi. Chivinlar tuxumlari-ni tinch oqadigan
hovuz va ko‘lmak suvlarga, binolarning suv bosgan yerto‘lalariga, nam va zax
tuproqlarga, hatto suvli bochkalarga qo‘yadi. Lichinkalari atmosfera havosi
bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlarning 4-6 nasli rivojlanishi
mumkin.
Chivinlarning hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter hidini va
nafas olganda chiqadigan SO
2
gazi konsentratsiyasining o‘zgarishini
yaxshi
sezadi. Chivinlar juda serharakat hasharotlar. Ular qon so‘rish uchun bir necha
km masofaga ham uchib borishi mum-kin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga
uchib
borishi
kuzatilgan.
Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kovagi, yerto‘lalar va o‘tlar orasida
yashirinib yotadi. Kun botgandan keyin faol harakat qilib qon so‘rishga o‘tadi.
Chivinlarning bir qancha oilasi bo‘lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo‘lgani
Culicidae oilasidir. Bu oila 2000 turni o‘z ichiga oladi, bularning ko‘pchiligi
obligat
gematofaglardir.
Mamlakatimiz hududida Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga kiradigan
turlari
uchraydi.
Anopheles
avlodiga
kiradiganlari
bez-gak
chivinlari
deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma
turlar bezgak kasalligini
tarqatadi. Culex avlodiga kiradiganlari esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak
chivinlarning tipik vakili Anopheles maculopennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak
kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining o‘ziga xos tarqatuvchisidir .
Bezgak chivini uzun va
ingichka bo‘lib, bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan iborat. Bosh qis-mida
mo‘ylovlari
va
ko‘zlaridan
tashqari
og‘iz
ap-parati
joylashgan.
Urg‘ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo‘l-gani uchun ularning og‘iz
qismlari sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o‘simlik shiralari
bilan oziqlanadi, shunga ko‘ra ularning og‘iz appa-rati so‘ruvchi tipda bo‘ladi.
Chivinlarning
juftlashishi
havoda
bo‘ladi.
Juftlashib
bo‘l-ganidan
keyin urg‘ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so‘radi. Qon so‘rishda
ular odam, uy va yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 minut davomida gavdasining
og‘irligidan ham ko‘proq qonni so‘rib oladi. Shundan keyin urg‘ochi chivinlar
qorong‘u joyga o‘rna-shib olib, 2-12 kun davomida ovqatini hazm qiladi.
Tuxumlar yetilgandan keyin urg‘ochi chivinlar ko‘lmak
suvlarga uchib
boradi va suv ustiga yoki suv o‘simliklariga qo‘nib tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yib
bo‘lgan chivinlarning bir qismi o‘ladi, qolganlari esa yana qon so‘rib tuxum
qo‘yishga kirishadi. Bezgak chivini o‘z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum
qo‘yadi.
Boshqa chivinlarga qarshi o‘laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga
yopishtirmasdan tarqoq holda qo‘yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar
tuxumlarini suv yuzasiga g‘uj-g‘uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to‘plami
qayiqchaga o‘xshab ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab, 2-10 kun ichida
tuxumdagi lichinkalar yetiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining
bosh, ko‘krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi.
Har xil chivinlarning
lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko‘ra
bir-birlaridan
farqlanadi.
Lichinkalar 4 marta tullab, g‘umbaklarga aylanadi. /umbaklar-dagi nafas
olish naylarining shakliga qarab bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin:
ularning nafas olish naylari konussimon bo‘lib, go‘yo karnaycha ko‘rinishida
bo‘ladi. /umbakdan imago rivoj-lanadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab imago
chiqquncha bo‘lgan rivojlanish davri tashqi muhitga qarab 14-30 kun davom
etadi.
Culex avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan
transmissiv kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tarqatadi. Yaponiya, Koreya yarim
orolida, Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqda Culex chivinlari og‘ir
virus
kasalligi - yapon ensefalitini tarqatadi. Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq
isitma degan og‘ir tropic kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi.
Ularning tuzilishi va rivojlanishi bezgak chivinlarinikiga o‘xshaydi, lekin ayrim
belgilari
bilan
farq
qiladi:
1. Urg‘ochi oddiy chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag‘
paypaslagichlari kalta bo‘lib, xartumining uchdan bir qismini egal-laydi,
bezgak chivinlarida pastki jag‘ paypaslagichlari xartumiga teng bo‘ladi.
Erkaklarining pastki jag‘ paypaslagichlari oddiy va bezgak chivinlarida
xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirgi bo‘g‘imi kengaymagan bo‘lib,
bezgak
chivinlaridan
farq
qiladi.
Bun-dan
tashqari,
erkaklarining
mo‘ylovlari
sertuk
bo‘ladi.
2. Bezgak chivinlarining oyog‘i tanasidan 2 baravar uzunroq bo‘ladi, oddiy
chivinlarda esa 1,5 baravar, ko‘kragining o‘rta bo‘g‘i-mida joylashgan 1 juft
129
qanotida qoramtir 4 ta dog‘i bo‘lib, bu dog‘lar zich joylashgan tanachalaridan
iborat.
Oddiy
chivinlarning
qanotida
dog‘lari
bo‘lmaydi.
3. Bezgak chivinlari qo‘nib turganda qorin qismini ko‘tarib burchak hosil
qilib
turadi,
oddiy
chivinlar
bo‘lsa
parallel
holda
qo‘nadi.
4. Odatda bezgak chivinlari tuxumlarini o‘zlari
rivojlanib chiqqan,
kislorodga boy, toza suv havzalariga qo‘yadi, oddiy chivinlar uchun bunday
sharoitning ahamiyati yo‘q, suv bo‘lsa yetarli, hatto yom-g‘irlardan qolgan
ko‘lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo‘yishi mumkin.
5. Culex chivinlarining tuxumida havo kamerasi bo‘lmaydi, shuning uchun
u tuxumini bir-biriga tik aylana o‘qi bo‘yicha yopish-gan holda qo‘yadi. Natijada
qayiqchaga o‘xshash 200-400 tadan bo‘lgan tuxumlar to‘plamini hosil qiladi.
Bunday holda tuxumlar cho‘kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga
emas,
suvli,
zax
joylardagi substratlarga qo‘yadi. Odatda, ularning
rivojlanishi deyarli qurib qolayotgan suv havzalarida kuzatiladi. Tuxum
ichida rivojlangan lichinkalar 1 yilgacha saqlanishi mumkin.
Suv tekkan-dan
keyin
ular
tashqariga
chiqadi
va
rivojlanadi.
6.
Bezgak
tarqatmaydigan
chivinlarning
lichinkalari
suv
yuza-siga
nisbatan burchak hosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin
qismidan hosil bo‘lgan tana o‘simtasida - sifonda joylash-gan bo‘ladi. Shu
sababdan lichinkalar suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan yopishadi,
gavdasi pastga osilib turadi. Bezgak chivi-nining lichinkalari suv yuzasida
yashab, shu joydagi mayda zarracha-lar va mikroorganizmlar bilan oziqlansa,
oddiy chivinlarning lichinkalari esa suv qatlamidagi organizmlar bilan
oziqlanadi.
7. Oddiy chivinning g‘umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida
bo‘ladi,
bezgak
chivinida
esa
konus
shaklidadir.
Bundan
tashqari,
chivinlar
parazit
nematodalardan
filyariya-larning
rivojlanish
siklida
ham
oraliq
xo‘jayin
sifatida
ishti-rok
etadi.
Dostları ilə paylaş: