O‘quv maqsadlari sohalari
Kognitiv - bilishga oid soha. O‘rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to‘la anglash, ularni oldin o‘rganilgan uslub, usullar bilan uyg‘unlashtirilib tasavvur etishgacha bo‘lgan muammolarni hal etilishini o‘z ichiga oladi.
Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo‘nalish va munosabatlarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish, o‘quvchilarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo‘lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda o‘quv fani o‘qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so‘ng, o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzu va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o‘tish metodi, usuli tanlanadi.
Interfaol yondashuv. O‘qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim to‘adilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir- birlariga namoyish etadilar.
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi-o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy to‘shiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir. Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar. Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, shart hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |