Baholash. Mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal bo‘yicha o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi, o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.
Blum taksonomiyasi- ta’lim maqsadlariga ko‘ra tashkil etilgan biluv faoliyatning uch sohasini qamrab oluvchi ierarxik tizimdir: kognitiv (bilish), affektiv (emotsional-qadriyatli) va ‘sixomotor. Taksonomiyaning kognitiv faoliyatni qamrab oluvchi birinchi qismi 1956- yilda B. Blum rahbarligida ishlab chiqilgan. L. Anderson va D. Kratvol 2001- yilda taksonomiyani qayta ishlab chiqdilar. Aniqlashtirilgan ushbu taksonomiyada avvalgi an’anaviy taksonomiyadagi xatolarni bartaraf etishga urinishdi. Unda bilish masalalarida “nima” (fikrlash mazmuni) va “qanday qilib?” savollari , ya’ni mavjud axborot va muammo yechimidagi amallar o‘rtasiga chiziq tortishdi.
O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z fikrini bayon qilishi, obekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilarningtushunishga oid o‘quv maqsadiga erishishi uchun atamalar, faktlar, qoidalar, sxema va jadvallarni tushunishi, qayta tuza olishi, almashtirishi, asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida nazariya va amaliyot birligi juda muhim, shuning uchun o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratish zarur. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv to‘shiriqlarini tuzishda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilim, tushuncha, tamoil, usullarni tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llashini nazarda tutishi lozim.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim-o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir o‘quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. O‘quvchi-o‘qituvchi hamda o‘quvchi- o‘quvchi hamkorligi ko‘zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud:
1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3. Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik, bilimlarni o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish.
4. Ta’limda «muvaffaqiyat muhitini» tashkil etish, bolaga o‘qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5. O‘quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o‘ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash.
O‘qituvchi har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko‘rishi lozim. Har bir o‘quvchini shaxs sifatida qarashimiz hamda ularning fikrlarini hurmat qilishimiz lozim. O‘quvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng yaqin rivojlanish sohasi keng bo‘lgan belgilarni topish va asta–sekin yangi bilimlar bilan to‘ldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda bolalarga do‘stlik va o‘zaro hurmatda bo‘lish asosiy shart hisoblanadi.
Maktabda pedagogik jamoa yoki metod birlashmalar miqyosida o‘qituvchilarning o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda o‘quvchi shaxsini o‘rganish yo‘nalishlari, muloqot usullari, darsda o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, fanlarni turlicha o‘zlashtirishlaridagi farqlarni hisobga olish, qulay muhit yaratish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlariga erishish va boshqa masalalar bo‘yicha nazariy, metodik va amaliy tajribalar bilan tanishish, o‘rganish, ommalashtirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni vaqti-vaqti bilan o‘tkazib borish lozim.
Bolalar o‘rtasida hamkorlik va muloqotga rag‘bat bildirish, ya’ni darsda kichik guruh va juft bo‘lib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda o‘yin o‘ynashlariga sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Bolalarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi bo‘lishi. Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish. Bolaga erkin tanlash imkonini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda dars shakli. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlari o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan uzviy bog‘liq. Bunday o‘quv mashg‘ulotlarining shakllari turlicha. Ular orasidan alohida e’tibor dars jarayonida o‘qituvchi - o‘quvchi hamkorligining tadqiqot - izlanish metodlari hamda dialogli shakllariga qaratiladi, shuningdek, ko‘rgazmali, tasviriy, re’roduktiv va boshqa metodlar ham qo‘llaniladi. Bunday mashg‘ulotlarning shakl va usullari bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv konse’siyasi va tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda o‘quv faoliyatiga rag‘bat uyg‘otish orqali o‘quvchilarni bilim egallashga yo‘naltirib, bunday shakl va usullarda tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning shaxsiy bilimi, tajribasi va hissiyotlarini rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib qoladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchining rivojlanish darajasiga mos va uning mantiqiy, aqliy va shaxsiy o`sishiga yordam beruvchi mashg`ulotlarni rejalashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |