3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomiyasi) (2 soat amaliy mashg‘ulot). Reja


BLUM TAKSANOMIYASI. O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TA’LIM



Yüklə 33,24 Kb.
səhifə7/10
tarix02.01.2022
ölçüsü33,24 Kb.
#47115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi

3. BLUM TAKSANOMIYASI. O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TA’LIM
Uzluksiz ta’limda ta’lim oluvchilarga belgilangan o‘quv dasturlari asosida bilim berish va o‘quv natijalarini baholashda Blum taksonomiyasi mezonlariga asoslaniladi. Amerikalik mashhur ‘sixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan asos solingan savol va to‘shiriqlar tizimi - bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta’lim olamida yetarli darajada keng tarqalgan. O‘quv maqsadlari taksonomiyasi-o‘quvchilar o‘zlashtirishining ma’lum bir darajasidan darak beruvchi konkret harakatlari, mazmunan obektlarni tabiiy o‘zaro bog‘liqlik asosida murakkablashib borishini ketma-ket joylashtirish orqali turkumlashtirilishi yoki tizimlashtirilishi. Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir.

Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu masalada Benjamin Blumning bilish va emosional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasi o‘quvchini fanga qiziqtirish, bilish faoliyatini jadallashtirish, intellektual salohiyatini aniqlash uchun eng maqbul yo‘ldir. Blum tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishda oltita darajaga ajratdi. Bir necha bosqichli savollar tizimining asosiy maqsadlari: o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qilishga yordam berish, muammolarini yechish va maqsadli obektiv yechimlarini topish. Bu maqsadlarga qachon yerishish mumkin, qachonki o‘qituvchi o‘quvchining chuqur o‘ylash jarayonini bosqichma- bosqich rag‘batlantirib borsa. Shuning uchun Blum fikrlash jarayonini sistemalashtirgan holda bir necha bosqichli savollar tizimini ishlab chiqqan. Blum taksonomiyasi bu- shunchaki tasniflash jadvali emas.



Blumga ko‘ra tafakkur bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Ushbu darajalar quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar bilan ham ifodalanadi. Jumladan:

Bilish- dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, shuningdek, abstract bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma fikrlar, strukturalar va shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea-hodisalarini bayon qila oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’l namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, taniy olish, ga’irib berish, takrorlash.


Yüklə 33,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin