4- topshiriq.“Nima uchun?” texnologiyasi
Nima uchun hozirgi kunda kitob o‘qishga qiziqish kamayib bormoqda? Fikrlaringizni quyidagi sxemada aks ettiring.
Nima uchun hozirgi kunda kitob o'qishga qiziqish kamayib bormoqda?
Nima uchun?
5- topshiriq. T-sxema bo‘yicha og’zaki va yozma nutqning xususiyatlarini solishtiring.
Og’zaki nutq
Yozma nutq
Rasmiy idoraviy uslubdagi nutqning xususiyatlari Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisislik uslub va badiiy uslub. Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi: 1. Huquqiy munosabatlarga oid:qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. idoraviy-ma’muriy shaklga oid:dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi).
3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar.
TOPSHIRIQLAR: 1. O‘zbek adabiy tili, uning me’yorlarini o`zlashtirish kerak (konspekt asosida).
2. Adabiy tilining so`zlashuv, badiiy, ilmiy, publisistik nutq uslublarini o`rganish lozim.
3. Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini yod olish kerak.
4. Rasmiy uslub va uning boshqa uslublardan farqini o`zlashtirish kerak.
5. Mavzu bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak.
6. Mavzu yuzasidan testlarni ishlash lozim.