3-mavzu. O’zbekiston hududida qadimgi shaharlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi


Qadimgi Farg‘ona hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi



Yüklə 71 Kb.
səhifə2/2
tarix23.05.2023
ölçüsü71 Kb.
#120413
1   2
3-mavzu

2. Qadimgi Farg‘ona hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, o‘ziga xos taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan ilk shaharsozilik madaniyati zanjiriga Farg‘ona vodiysi ham kiradi. Vodiydagi o‘zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi (katta maydon, murakkab tuzilishi va mudofaa tartibi, alohida arq, hunarmandchilik markazi va boshq.) arxeologik yodgorliklar haqidagi konsepsiya 1973 yildayoq Yu.A. Zadneprovskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi. Shundan so‘ng ushbu masala yuzasidan ayrim mulohazalar bildirilgan bo‘lishiga qaramay, yuqoridagi konsepsiya hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.


So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik-paleogeografik tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysining qadimgi davri inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘pgina aniqliklar kiritildi. Farg‘onalik qadimgi bobodehqonlar sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtira borib qator sifatlari bilan, avvalo, tuproq ekologik sharoitlari bilan farqlanib turadigan sun’iy antropogen-landshaftlar barpo etadilar. Ular tabiiy landshaftlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlari natijasida o‘zlariga zarur bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirganlar. Sun’iy sug‘orish va yerga ishlov berish bilan birga suv cho‘kindilari ham hosildorlikni oshirib borgan
Farg‘ona vodiysidagi ilk shaharsozlik madaniyati ko‘hna ildizlarga ega bo‘lib, bu jarayonning ildizlari qadimgi dehqonchilik madaniyati zaminida kuzatiladi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra vodiyda qadimgi dehqonchilik madaniyati mil. avv. II ming yillikning oxirgi choragidan boshlanadi. Bu madaniyat fanda birinchi topib o‘rganilgan joy nomi bilan «Chust madaniyati» deb nomlanib ushbu madaniyat asosan dehqonchilik bilan shug‘ullangan qadimgi aholiga mansubdir. Davriy jihatdan Chust madaniyati yodgorliklari ikkiga bo‘linadi va birinchi bosqich - mil. avv. XII-IX asrlar, ikkinchi bosqich mil.avv. VIII-VII asrlar bilan sanalanadi.
Qadimgi Farg‘ona dehqonlari ko‘p hollarda suv manbaalari atroflarida o‘z makonlarini bunyod etganlar. So‘nggi yillarda Farg‘onadagi bronza davri aholisining yerni haydab dehqonchilik qilganliklari haqida arxeologik ma’lumotlar olindi. Xususan, Farg‘ona tog‘ tizmalaridagi Soymalitosh va So‘x yaqinidagi Yangiariqsoy qoyatosh suratlarida qo‘sh xaydayotgan inson tasviri Aniqlangan. Qadimgi dehqonlar faqat tabiiy suv bo‘ylarini o‘zlashtiribgina qolmasdan balki, obihayot chiqarish oson bo‘lgan daryo va soy bo‘ylaridan kichkina kanallar chiqarish yo‘li bilan ham xo‘jalik yuritganlar. Buning isboti sifatida Andijon viloyatida joylashgan Dalvarzintepa va Ashqoltepani yirik suv manbasi - Qoradaryo havzasida (3-4 km. masofada) joylashganligini keltirishimiz mumkin. Chust yodgorligi esa kichkina soy yaqinidagi qadimgi buloq bo‘yida joylashgan. Umuman olganda Farg‘ona ilk dehqonchilik madaniyatining 80 dan ortiq yodgorliklari Aniqlangan. Ular maydoni va o‘lchamlariga qarab uchga bo‘linadilar: yirik yodgorliklar (Dalvarzin, Ashqoltepa), o‘rtacha kattalikdagi yodgorliklar (Chust, Dehqontepa, O‘sh, Xojambog‘) va kichiq yodgorliklar.
Farg‘ona vodiysidagi qadimgi ziroatchilarning makonlari suvga yaqin joylardagi unumdor yerlarning o‘zlashtirilishiga qarab alohida voha yoki guruh tarzida (ikki va undan ortiq yodgorlik) joylashgan. Buning isboti sifatida keyingi 50 yil. ichida vodiyda o‘rganilgan Chust madaniyati yodgorliklari tartibiga kiruvchi manzilgohlarning joylashish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Ana shunday vohalar Farg‘ona vodiysidagi 15 ta geografik rayonda topib o‘rganilgan. Bular G‘ovasoy, Kosonsoy, Aravansoy, Chortoqsoy, Moylisuv, Oqburasoy va boshqadardir. Qadimgi dehqonchilik vohalarini har biridagi yodgorliklar o‘lchamlari hamda joylashishiga ko‘ra ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi tadqiqotchilar tomonidan Aniqlangan. Ushbu vohalarda istiqomat qilgan aholi o‘ziga xos dehqonchilik jamoalarini tashqil etgan. Har bir voha ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hamda ularning birlashuvidan dehqonchilik markazlari paydo bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning boshqa hududlari bilan qiyosiy tahlil etgan Yu.A. Zadneprovskiyning fikricha, qadimgi Farg‘ona dehqonchilik markazlari bilan bir vaqtda O‘rta Osiyoning o‘nta joyida ham ana shunday markazlar paydo bo‘ladi. Bularga Yoz, Yashilli (Turkmaniston), Kuchuktepa, Chiroqchi, Burg‘uluk (O‘zbekiston), Chust (O‘zbekiston, Qirgiziston), Shahriston (Tojikiston) va boshqa dehqonchilik markazlari kiradi. Ushbu bir-biriga o‘xshash dehqonchilik markazlari orasida davriy jixdtdan nisbatan qadimgisi Chust yodgorliklari hisoblanadi.
Chust madaniyati yodgorliklari tarkibiga kiruvchi asosiy katta manzilgohlar Dalvarzintepa, Chust, Ashqoltepalar Farg‘ona vodiysidagi o‘zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar hisoblanadi. Aynan Dalvarzintepa va Chustning atrofi himoya devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, ularda hukmdor yashaydigai ark ajralib turadi.
Bu o‘rinda takidlash joizki, shahar madaniyati va davlatchilikning paydo bo‘lishi doimo tadqiqotchilar bahs-munozaralariiipg diqqat markazida turgan masalalar hisobida turadi. Bu jarayoi asrlar davomida o‘ziga yangi jihatlar va vazifalarni qo‘shib, murakkablashib va mukammallashib borgan. Shaharsozlik madaniyatining rivojlanishida himoya inshootlari asosiy omillardai biri bo‘lib, jamiyatda kechgan urbanizatsiya jarayonlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyo mintaqasining turli hududlaridagi mudofaa inshootlari o‘ziga xos bo‘lib, bu yo‘nalish alohida mavzudir.
Farg‘ona vodiysi qadimgi davridagi barcha mudofaa inshootlari guvala, xom g‘isht va paxsadan qad ko‘targan. Himoya inshootlari tarixiy topografiyasini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, ular paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy mezoni o‘troq dehqonchilik manzilgohlarining uzoq vaqt mavjud bo‘lishi va ularning ko‘chmanchi qabilalar bilan qo‘shnichiligi edi. Bu qo‘shnichilik har doim ham tinch-totuvlikka asoslanmagan bo‘lib, ayrim hollarda harbiy to‘qnashuvlar bilan tugar edi
Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida shu narsa Ko‘zaliqirdiki, Dalvarzintepada yashaydigan aholi uni uch qismdan iborat qilib qurgan. Har bir qism alohida mudofaa devorlari bilan o‘ralgan Hamda ularning o‘z vazifasi bo‘lgan. Dalvarzintepa hududining 18 gektari turar-joylar, 5 gektari xavf tug‘ilgan paytda atrof aholi jon saqlaydigan boshpana qism, 2 gektari esa maxsus alohida ajratilgan qism bo‘lib, bu yerda hukmdorlar yashaganlar. Ko‘hna shaharning devorlari paxsa va xom g‘ishtlardan foydalanib tiklangan. Demaq Dalvarzintepa puxta uylangan reja asosida qurilgan aholi manzilgohi bo‘lib, ushbu yodgorlikda ilk shaharsozlikning deyarli barcha belgilari Aniqlangan.
Dalvarzintepada olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

  • Dalvarzintepaning maydoni katta, ya’ni 25 gektar bo‘lib, bu o‘lcham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasi hisoblanadi.

  • Ko‘hna shaharda murakkab rejaviy tuzilish, uchga bo‘lingan tarkibiy qism hamda ark mavjud edi.

  • Yodgorlikda mukammal mudofaa tartibi mavjud bo‘lib, ko‘hna shaharning har bir qismi alohida himoyalangan edi. Bular orasida arkka alohida e’tibor berilib, u ancha puxta uylangan reja asosida mudofaa etilgan.

  • Dalvarzintepada hunarmandchilikning turli sohalari-kulolchiliq metall, tosh va suyakka ishlov berish kabilar nisbatan yaxshi rivojlangan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan belgilar Dalvarzintepani ilk shahar ko‘rinishidagi yodgorlik deb ta’riflash uchun yetarli asos bo‘lib xizmat kiladi. Demaq Dalvarzintepa mil. avv. II ming yillikning so‘nggi choragidan boshlab ma’lum muddat Farg‘ona vodiysining yirik madaniy va iqtisodiy markazi bo‘lib xizmat qilgan. Undan tashqari, vodiyda sug‘orma dehqonchilikning jadallik bilan rivojlanishi urbanizatsiya jarayonlarining tezlashuviga olib keldi va natijada o‘troq dehqonchilik madaniyati yoyilgan chegaralar kengayib bordi.
Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin