3-Мavzu: O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari. Reja


Mamlakatimizning suv resurslari va yer fondi



Yüklə 49,82 Kb.
səhifə6/7
tarix19.05.2023
ölçüsü49,82 Kb.
#117014
1   2   3   4   5   6   7
3-Ìavzu O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim

Mamlakatimizning suv resurslari va yer fondi.
Mamlakatni asosiy suv boyliklari-daryo suvlaridir. O’zbekistonning suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishda Amudaryo va Sirdaryo katta o’rin tutadi. Bundan tashqari Zarafshon, Norin, Qoradaryo, So’x, Chirchiq, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sheroboddaryo kabi daryolarning ham ahamiyati katta. Mamlakatning yirik suv arteriyalari hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning yirik irmoqlari O’zbekiston hududidan tashqaridan boshlanadi. Shuning uchun ham Amudaryoning yillik o’rta oqim suv hajmi 79 km³ bo’lgani holda, uning 8 foizi Sirdaryoning yillik o’rta oqim suv miqdori 38 km³ bo’lgani holda uning faqat 10 foizi O’zbekiston hududida hosil bo’ladi.Mamlakatning aksariyat daryolari bahor faslida to’lib-toshib oqadi. Yozda borgan sari daryolar suvi kamayib boradi. Daryolardagi bu xil rejim dehqonchilik ehtiyojlariga muvofiq emas. Shuning uchun dehqonchiligi asosan sug`orib ekishga tayangan mamlakatimizning barcha mintaqalarida o’nlab yirik suv omborlari, yuzlab magistral kanallar, minglab nasos stansiyalari barpo qilingan.O’rta Osiyo va shu jumladan, O’zbekistondagi daryolarga suv beruvchi asosiy manba qor va muzliklardir. O’lkamizda suv tanqisligi ko’p yillar davomida sezilib kelinadi. Shu tufayli Respublikaning qator hududlarida bir nechta kanallar qurilgan. Ular sirasiga Narpay, Katta Farg’ona, Janubiy Farg’ona, Shimoliy Farg’ona, Eski Anhor, Amu-Buxoro, Katta Namangan, Janubiy Mirzacho’l kabilarni kiritish mumkin. O’zbekiston hududida anchagina ko’llar mavjud. Ammo ularning ko’pchiligi kichik ko’llar hisoblanadi. Ular orasida eng yirigi Orol ko’lidir. Bu ko’l ancha maydonni egallaganligi tufayli u dengiz deb yuritiladi. Bir oz kattaroq ko’llar qatoriga Sudoche va Arnasoy kiradi. Bir vaqtlar O’zbekistonning kemachilik va baliqchilik sohalarida muhim o’rin tutib kelgan Orol dengizining mavqei hozirgi davrga kelib ancha pasaydi. Amu va Sirdaryoning Orolga olib keladigan suv miqdori ancha kamayib ketdi. Natijada uning suv sathi bir necha metrga pasaydi, qirgo’qlari esa o’nlab metrga chekindi, Orol muammosi vujudga keldi. Mamlakatda suv yetishmasligi nazarda tutilib so’nggi yillarda qator suv omborlari barpo etildi. Hozir ularning soni 45 taga yetdi. Ular orasida Chorvoq, Ohangaron, Tollimarjon, Tuyabo’g’iz, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on va boshqa suv omdorlari bor. Qashqadaryo vohasining yirik suv inshootlari, jumladan jahonga tengi yo’q 6 ta nasos stantsiyalari Amudaryodan 1 soniyada 240 m³ suvni 132 m balandlikka – Tollimarjon suv omdoriga chiqarib turadi. Respublikada bir necha mineral suv manbalari mavjud. Mamlakat hududidan shifobaxsh suvlarining 100 ga yaqin istiqbolli konlari o’rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, mamlakat yer osti suvlarining o’rni qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga 1000 m³. Ayniqsa, tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy, radon kabi elementlar bo’lgan suvlar katta ahamiyat kasb etadi. Vodorod-sulfatli suv Chimyon, Polvontosh, Xo’jaobod, Sho’rsuv, Uchqizil, Ko’kayti, Jayronxona, Xo’jaipok, Omonxona va boshqa joylarda topilgan. Yodli suv Chortoqda, rodonli suv Arashonbuloqda, kam minerallashgan issiq suvlar Toshkent va Farg`ona viloyatlarida, sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorai Moxi Xossa, Qorako’l, Gazlidan chiqadi. Mamlakatimizda ma’danli suv manbalaridan foydalanish maqsadida Chimyon, Chortoq, Yangiyo’l, Turon, Sitorai Moxi Xossa kabi sanatoriyalar tashkil qilingan.Tuproq resurslari. Tuproqning tabiiy holati, ya`ni donadorligi, chirindi miqdori, madaniylashish darajasi dehqonchilikning hosildor (mahsuldor)ligiga ta`sir ko’rsatadi. Mamlakatimizning tekislik mintaqalarida oddiy bo’z tuproq, tog` yonbag`irlarida asosan bo’z tuproq, tog`larda to’q tusli bo’z tuproq keng tarqalgan. Ularning chirindi miqdori qora yoki kashtan tuproqlarinikiga nisbatan 4-6 marta kam.Davlat yer fondi-qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar, shudgor qilinadigan, daraxt yoki mevazor, yaylov, pichanzor, o’rmonzor hamda qo’riq va partov yerlardan tashkil topgan.
Mamlakatimizning umumiy yer maydoni 44890,0 ming gektarni tashkil etdi Ana shundan 60 foizdan ko’prog’i qishloq xo’jaligiga tegishli maydonlardir. Qishloq xo'jaligi tasarrufidagi yerlarning 3691,5 ming gektari, 10 foizga yaqini haydab ekin ekiladigan yerlar, qolgan yerlar pichanzor va yaylovlardan iborat (To’xliyev va b. 2006). Yaylovlar 22,8 mln. gektarga teng. Bu cho’l yaylovlari sur-qo’ng’ir, qum va qumli tuproqlardan iborat. Bu yerlarning taxminan yarmi sug’orilshga yaroqli yerlardir. Mamlakatda sug`oriladigan yerlar 4,2 mln. ga bo’lib qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosan shu yerlarga yetishtiriladi. Sug`oriladigan yerlarning 1,6 mln. ga cho’l mintaqasida, qolgan qismi tog`, vodiylardagi och tusli va asosiy bo’z tuproqli mintaqada joylashgan. Hozirda sug`orma dehqonchilik qilinadigan yerlarning yarmidan ortig`i sho’rlangan. Shuning uchun ham ularning sho’rini muntazam yuvib turish hamda meliorativ holatini yaxshilab borish va bu borada ilmiy asoslangan tadbirlar ishlab chiqish mamlakat Qishloq va suv xo’jaligining asosiy vazifasidir.
Yüklə 49,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin