Nukleoid. Sitoplazmada, yadro ekvivalenti
- nukleoid bakteriya
hujayrasining markazida joylashgan (23-rasm).
23-rasm.
Nukleoid.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujayraning rivojlanish bosqichiga qarab, nukleoid
ikki holatda: diskret
(uzuq - uzuq ayrim strukturalar) tayoqchasimon yoki xromatin
to‘ri (yadro moddasi sitoplazmada dispers holatda yoyilgan) shaklida bo‘ladi.
Bakteriya nukleoidi molekulalar massasi 2 - 3
.
10
9
dalton DNK ga ega. Bu DNK
o‘ralgan xalqa shaklida bo‘lib, uzunligi 1,1 – 1,4mm ni tashkil etadi. U bakteriya
xromasomasi (genofor) deyiladi.
Tinch xolatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo‘lsa, bakteriya
hujayrasining bo‘linishi oldidan ikkita nukleoid bo‘ladi. Bakteriya ko‘payish
fazasining logarifmik davrida esa, u to‘rtta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Ba’zan, bakteriya hujayralarining o‘sish davrida muhitda bakteriya
hujayrasiga salbiy ta’sir etadigan moddalar bo‘lsa, bakteriya hujayrasidan ko‘p
yadroli ipsimon hujayra hosil bo‘lishi mumkin. Bunday hujayra, hujayra o‘sishi va
bo‘linishi sinxronligining buzilishidan paydo bo‘ladi.
Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funksiyasi- axborotlarni saqlab, uni
irsiy xususiyatni avloddan - avlodga berishdir.
Nukleoiddan tashqari, hujayra sitoplazmasida undan yuzlab marta mayda
DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir.
Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo‘lishi shart emas.
Ammo ular
tufayli hujayra qo‘shimcha, xususan, ko‘payishda, dori moddalarga turg‘unlik
namoyon etishda, kasallik yuqtirish va hokazo xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Kiritmalar. Sitoplazmada har xil shaklga ega granulalar uchraydi. Ularning
xosil bo‘lishi mikroorganizmlar o‘sadigan muhitning fizik - kimyoviy
xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari
emas.
Ko‘pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhitida o‘sgandagina hosil
bo‘ladi va yomon muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen
(hayvon kraxmali), granulyoza, β
- oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar),
oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning hosil bo‘lishi, ko‘pincha
oziqa muhitini tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va
uglevodlarga boy oziqa muhitida o‘sgan bakteriyalarda valyutin, vodorod sulfidga
boy muhitda esa oltingugurt to‘planishi aniqlangan. Ba’zi oltingugurt
bakteriyalarida amorf holdagi SaSO
3
uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya
hujayrasida
oqsillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK,
nukleotidlar,
pigmentlar bor. Hujayradagi molekulyar birikmalar hujayraning osmotik bosimini
saqlab turadi.
Muhokama uchun savollari
1.
Bakteriyalar o’lchamlari va morfologiyasi.
2.
Prokariot hujayralar tuzilishi.
3.
Bakteriya xujayrasining struktura asoslari.
4.
Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi.
5.
Gram musbat va gram manfiy bakteriyalar hujayra
devori, tarkibi va farqlari.
6.
L-shaklli bakteriyalarning hosil bo’lishi, mikoplazmalar.
7. Arxibakteriyalarning hujayra devori,
sitoplazmatik membrana, uning
ba’zixususiyatlari va kimyoviy tarkibi.
8.
Sitoplazmatik membrana funktsiyasining xilma- xilligi.
9.
Mezosomalar. Sitoplazma.
10. Bakteriyalarning nukleoid, tarkibi, tuzilishining o’ziga xosligi,
funktsiyasi. Plazmidalar.
11. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va ahamiyati.
12. Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ
hujayradan asosiy farqlari.
13. Odam, hayvon va hasharotlarda kasallik qo’zg’atuvchi ba’zi
bir patogen
batsillalar va ular paydo qiladigan kasalliklarning tavsifi, profilaktikasi va
davolash.
14.
Kapsula va shilliq qavat.
15.
Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari.
16.
Bakteriyalarning harakati, xivchinlari.
17.
Xivchinlarning joylanishi,
tashkil topishi, kimyoviy
tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning funksiyalari.