Kapsulalar suvli faza va uglevod tabi atli polimerlardan tashqil topgan.
Kapsula materiali turli mikroorganizmlar-bakteri yalar (klebsiellalar, pnevmo
kokklar, streptokokklar va boshqalar), achitqi organizmlar, makromitsetlarda hosil
bo’ladi.
Kapsulaning tuzilishi harakteridan qat‘iy nazar polisaharidlar kimyoviy
tuzilishi jihatidan qoidaga ko‘ra blokli bo‘ladi. Kapsulaning
universal vazifasi
- himoyadir. Patogen mikroorganizmlar kapsulalari ko‘ pincha in vivo yoki
in vitro asosiy kultivirlash sharoitlarida aniqlanadi . Masalan, pnevmokokkl ar
va kuydirgi mikrobi makroorganizmga tushganda yaqqol kapsulalarni sha
kllantiradi. Saprofit turlarida kapsulalar noqulay (past harorat, qurg’oqchil
geografik regionlarda va hokazo) muhitlarda hujayraning saqlab qolinishini
ta‘minlaydi. Asosiy funksiyadan tashqari hujayra
ichida namlikni saqlab
qolishga (gidrat qobiq hosil qilish), ayrim tuzlarni eritish va hujayra ichiga
o’tkazish, aniq strukturalarni tanish, masalan, o’simliklarda u bilan simbiotik
o’zaro munosabatda bo’ladi va boshqalar.
Xivchinlar. Bakteriyalar ikki hil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi
bakteriyalarning
(miksobakteriyalar,
oltingugurt
bakteriyalari)
tanasining
to‘lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o‘zgarib turadi,
natijada
bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir bo‘ladi. Suzib harakatlanish
xivchinlari yordamida amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning
ba’zilarida bunday harakatlanishni kuzatish mumkin.
Xivchinlar (ayrim Protozoa turlarida, masalan Tetrahymena ruriformis
infuzori yalarida ularni kiprikchalar deb ataladi) o’z asosiy massasi bilan hujayra
tashqarisiga chiqib turadi, lekin hujayra
organellasi hisoblanadi, chunki hujayra
membranasi bilan chambarchas bog’liq. Sodda hayvonlar kipriklari yoki tuklar
(masalan, T. pyriformis) kinetosoma bilan boshlanadi (bakteri yalar bazal
plastinkasiga o’xshash), ularning har biri qo’shnisi bilan fibrilla (kinetodesmo)
orqali birikkan. Hammasi birgalikda kinetiyalarni shakllantiradi. Hujayra
kiprikchasini yo’qotganda kinetiyalar saqlanib qoladi. (1.6- rasm )
Xivchinlar spirallashgan iplardan flagelin -oqsillardan tashq il topgan bo’lib,
ularga uglevodlar va lipidlar birikishi mumkin. Oqsil subbirlik ko’rinishida
bo’lib, molekulyar massasi o’rtacha 51 000 Da ga teng. Oqsilda subbirliklar
soni har xil bo’lishi mumkin: ko’pincha bakteri yal arda 8 - 9, Zamburug` va
sodda hayvonlarda 11 ga etadi (sodda hayvonlarda ular «9+2»
prinsi pida taqsim
lanadi, ya‘ni 9 subbirlik silindr devorni tashq il etadi, ikkitasi esa markazda
joy egallagan).
Bakteriyalar xivchini (quruq hujayra og’irligining 2%) o’lcham i bilan farq
qiladi, bu esa spiral qadami o’lchami va subbirliklar soniga bog’liq, subbirliklar 8
- 9 dan kamroq bo’lishi mumkin. Ularni ajratish uchun hujayrani avaylagan
holda buzish usullari qo’llaniladi (osmotik eritish, sirti faol moddalar bilan
ishlov berish). Boshqa hollarda xivchinlar hujayra tashqi yuzasi qismida uziladi.
Uglevod fraksiyasi flagellin bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu kompleks
suv va
tuzli eritmalarda kam eruvchan, denaturatsi yalovchi agentlar (ishqorlar,
fermentlar) ta‘siriga turg’undir. Ayniqsa glikoprotein kompleksini stabillashtir
uvchi lipid g’ ilofga ega bo’lgan xivchinlar chidamli bo’ladi . Flagellin 14
aminokislotaga saqlagan; alanin, argenin, asparagin kislota, valin, glitsin,
glutamin kislota, izoleysin, leysin, lizin,
metionin, serin, fenilalanin, tirozin,
trionin. Gistidin va pr olin kamdan-kam aniqlanadi; sistin va triptofan-
uchramaydi; metionin va fenilalanin - kam miqdorda uchraydi;
asparagin va
glutamin kislota-ko’plab miqdorda uchraydi. Ayrim enterobakteriyalar
xivchinlarida tabiatda kam uchrovchi E - N-metillizin aminokislotasini tutadi.
Flagelin agregatsiyaga moyil va oqibatda rekonstruksiyaga (in vitro) ega.
Lekin buning uchun kalta xivchin fragmentlari tomizg’i uchun zarurdir. Oqsil
subbirliklari hujayra ichida sintezlanadi va bo’sh silindr orqali uchiga qarab
harakatlanadi. U erda organella o’sa boshlaydi.
Polisaxaridlar va lipidlar kam o’rganilgan bo’lib, ularning xivchinga
kirilish mexanizmi noma‘lum. Xivchinlarga ( hujayra membranasi k abi) ATF
aza faolligi xos bo’ib, ularning harakati shu ATFaza faolligiga bog’liq.
Aerob
bakteri yalar xivchinining mexanik kimyoviy harakatlarida transmembranali
elektrokimyoviy potensialning generatsiyasi katta rol o’ynaydi. Bakteriyalar
xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: