Bakteriya hujayrasining tuzilishi
Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega.
Elektron mikroskopning
yaratilishi, o‘ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi,
mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining
tashqi va ichki
qurilmalarini o‘rganishga katta imkon yaratdi.
Bakteriya hujayrasining sxematik ko‘rinishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashqi tomondan kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida:
sitoplazma,
nukleoid, ribosomalar,
membrana qurilmalari, kiritmalar (zaxira moddalar), ba’zi
bakteriyalarda sporalar mavjud (2 - rasm).
Bakteriya hujayrasining tuzilishi
Kapsula. Bakteriyalarning ko‘plari kapsula bilan o‘ralgan. Ular shilimshiq
moddadan iborat bo‘ladi. Mikroorganizmlarning kapsulalari
kimyoviy tarkibi va
shakli jihatdan farqlidir. Ularni tuzilishiga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin:
1) mikrokapsulalar qalinligi 0.2 mkmdan kichik bo’lib, hujayra devoridan
kapsulalarga o’tuvchi strukturalardir, ular grammanfiy
bakteriyalarga xos
bo’lib, lipoglikanlar (lipopolisaharid) va oqsillardan tashkil topgan, yorug’lik
optik usullarida aniqlab bo’lmaydi.
2) makrokapsulalar qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulalardan shilliqga boy b’lgan
o’tuvchi strukturalar. R.Burri yoki R.Burri-X.A.Ginsa usulida negativ bo’yalganda
yaxshi ko’rinadi.
3) shilliqlar struktur jihatdan
makrokapsulalarni eslatadi, lekin nisbatan
diffuzroq, oziq muhitida individual shaklda oson to’planadi.
Makro-va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida
esa eruvchan shilliq qavat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: