3-mavzu: Pul nazariyalari Reja


Keyns nazariyasi va boshqa qarshlar



Yüklə 19,18 Kb.
səhifə4/5
tarix01.12.2022
ölçüsü19,18 Kb.
#71712
1   2   3   4   5
3-mavzu Pul nazariyalari Reja

3.4.Keyns nazariyasi va boshqa qarshlar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Keyns (1821-1898y.) metallik nazariyasini himoya qilib chiqib (Germaniya) uni yangi sharoitga mosladi. U pul sifatida faqatgina metalni emas, balki markaziy bank banknotalarini ham e`tirof etdi. Keynsni fikricha pul muomalasi metal bilan ta`minlangan banknot (Markaziy bank tomonidan veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqarilgan – vekselni bir turi) va metal monetarlarga asoslanishi shart.
Banknotalar – banklarni qarz majburiyati bo`lib, ular qarz olish va qarz berishda qo`llaniladi. Ular asosan kredit operatsiyalarini bajarishda qo`llaniladi.
Bu nazariyadan tashqari pulni mehnat nazariyasining mohiyati pulni qiymati boshqa tovarlar kabi sarflangan mehnat xarajati bilan o`lchanadi – umumiy ekvivalent sifatida.
Bulardan tashqari pulni oltin tanga, quyma oltin va oltin deviz standartlari kabi oqimlari mavjud.
Oltin tanga standarti (oltin monometalizmi) XVII asrda Angliyada, XIX asrda boshqa mamlakatlarda joriy etilgan. Bu metallik nazariyasining bir yo`nalishi bo`lib, inflatsiyani inkor etadi. Bu tizim birinchi jahon urushigacha hukm surdi.
Qo`yma oltin standarti – 1920-yillarga to`g`ri kelib u oltin tangadan farq qilib, muomaladagi banknotalar 12-12,5 gramm oltin qo`ylmalariga almashtirilgan. Unga aylantirish uchun Angliyada 1700 F.Sterling, Fransiyada 215 ming frank talab qilingan. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro aylanuvga chiqarildi. Ichki aylanishda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo`ldilar.
Oltin deviz standarti. Qo`yma oltin standartiga kirmagan mamlakatlar o`z kredit pullarini oltin standartga kiruvchi mamlakatlarning valyutalariga almashtirilgan. Bu bir mamlakat valyutasini ikkinchi mamlakat valyutasiga bog`liqligini keltirib chiqarib oltin deviz nomini oldi.
Buning shartlaridan biri AQSH dollarigagina oltin bilan almashtirilishi bu standartdan foydalanish huquqini faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi. 1971-yil dekabridan AQSH dollarini oltin pariteti bekor qilinishi bilan u o`z kuchini yo`qotadi.
Bulardan tashqari prof. T. Boboqulovni takidlashicha pulni funksiyalari bo`yicha Amerika va Yevropa maktablari haqida fikr yuritadi. Jumladan, Amerika maktabi vakillari pulni uchta-hisob birligini ta`minlash, ayriboshlash vositasi, jamg`arish vositasi funksiyalari e`tirof etilib ular pulni tovar tabiatini, ya’ni tovar xususiyatini tan olmaydi. Yevropa maktabi vakillari pulni hozirgi 5 funksiyasini a`tirof etadi.

Yüklə 19,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin