3.3.Pulning miqdoriylik va monetarizm nazariyalari Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo`lib, fransuz J.Boden (1530-1596 y.) hisoblanadi va u XVI – XVIII asrlarni o`z ichiga oladi. XVIII asrga kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836 y.) hamda fransuz Sharl Monask’yo (1689-1755 y.) rivojlantiradi.
Bu nazariyaning asosini yangi qit`alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga qimmatli metallarni oqib kelishi va shu bilan bog`liq ravishda narx-navoning keskin oshib ketishini tashkil etadi.
Ushbu nazariya namoyondalari fikricha:
Pulning xarid qobilyati bozorda o`rnatiladi.
Muomalada emissiya qilingan barcha pullar yuradi.
Pulning xarid quvvati muomaladagi pul miqdoriga mteskari proporsionaldir.
Baholar darajasi pul miqdoriga to`g`ri proporsionaldir.
Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni o`zgarishi muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi.
Bu nazariya pulni faqat muomala vositasi ekanligini ko`ra oladi. Ularning ta`kidlashicha pul va tovar massalarining to`qnashishi natijasida baholar belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. Ularmni yana bir xatosi shundaki, ular hamma pul massasi faqat muomalada bo`ladi deb qarashgan. Aslida muomalada zarur bo`lgan pul miqdori pul muomalasi qonuniga binoan aniqlanadi.
Monitarizm nazariyasihozirgi zamon nazariyalaridan biri bo`lib 1950- yillar o`rtasida paydo bo`lgan. Bu nazariyaning yirik namoyondasi bo`lib, Chikago Universitetining professori, iqtisod sohasida Nobel mukofoti lauriyati M.Fredmen hisoblanadi. Bu oqim tarafdorlariga K.Brunner, A.Molser, D.Leydler, F.Keygen va boshqalar kiradi.
Bu nazariya ham aslida miqdoriylik nazariyasini targ`ib etgan holda, miqdoriylik nazariyasi bo`yicha yuqorida qayd etilgan g`oyalarga quyidagilarni qo`shimcha ravishda tavsiya etadilar:
Bank foizi darajasi
Inflatsiya sur`atlari muomaladagi pul miqdoriga ta`sir etadi deb takidlashadi.
Ularga binoan:
Foiz darajasi pasaysa, qarzga opluvchi ko`payadi, ishlab chiqarish kengayib daromadlar oshadi va u pul miqdorini oshishiga olib keladi va aksincha.
Inflatsiya pul miqdorini to`g`ridan to`g`ri oshishi natijasidir.
Ularning fikricha iqtisodiyotni tartiblash uchun pul miqdorini o`zgartirib uni normal holga keltirish zarur, bu ishni Markaziy bank amalga oshirishi kerak deydi. Ular iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib, pul massasini yiliga o`rtacha 3% oshirishini tavfsiya etishadi.
O`zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 2005-yilda 7,8%, 2006 va 2007-yillarda 6,8 %, 2008-yilda 7,8%, 2009-yilda 7,4%, 2010-yilda 7,3%, 2015-yilda 5,6%, 2016-yilda 5,7% ni tashkil etgan va uni 2017-yilda o`sish darajasi 5,7-6,7 % bo`lishligi rejalashtirilgan.