Tayanch so’z va iboralar: tadqiqotlar, metod, statistic, tarixiy, sotsiologik, analitik,
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo'nalishlari
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirishni talab etilayotgan hozirgi davrda chet el tajribasini o’rganish ayni muddaodir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim-davlat ichki siyosatiga faol ta’sir etuvchi ijtimoiy jarayon. Yaponlar «maktab insonlarni yaxshilaydi» deb hisoblaydilar. Ta’lim sohasiga g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilardan doim diqqat e’tiborida bo’lgan. (R.Reygan, M.Techcher. F.Mitteran va b).
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
ta’lim iqtisodiyoti: turli davlatlardagi samaradorligining tahlili, moliyalashtirish, ayollarning ilm olishi, ta’lim va mehnat bozori, ta’lim xizmatlari, malaka oshirish, ta’lim va yoshlar ilmsizligi;
ta’lim sohasida siyosat va rejalashtirish: ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta’lim sifati va menejmenti tizimi, demografik omillarni hisobga olish, ta’lim rivojlanishining strategiyasi va taktikasi;
ta’lim tizimlari: ta’lim tizimini loyihalashga invariant yondashuvlar, turli ta’lim trayektoriyasini tadbiq qilish, ta’lim tizimini bosqichli va profilli tabaqalashtirish hamda prognostic modellashtirish va h.k;
shaxs rivojlanishi (bola rivojlanishi nazariyasini qiyosiy o’rganish): didaktik aspektlar, ta’lim sifati, bolalarning kognitiv qobiliyatini rivojlantirish va h.k. ;
ta’lim mazmuni: maktab ta’limi yaxlit mazmuni - umumiyligi va o’ziga xosligi, shuningdek, ayrim o’quv sikl va fanlar bo’yicha ta’limda izchillik va variativlik, davlat standartlarining asosnomasi, darslik va h. (xalqaro tajribalar)
boshlang’ich va o’rta ta’lim: ushbu ta’limning tuzilishi va tashkil etilishi, boshqarish va moliyalashtirish, dunyoda mazkur ta’lim turining o’ziga xosligi, maxsus dasturlar;
maktabgacha va oila ta’lim-tarbiyasi: maqsadning variativligi, pedagogik jarayonning tuzilishi, funksiyalari, o’ziga xosliklari va xalqaro tajribasi, muassasalar tipologiyasi, boshqaruv muammolari;
oliy ta’lim: bu ta’limning tashkiliy masalalaridagi xalqaro tajriba, akademik fanlar bo’yicha ta’lim mazmunini ishlab chiqish, shakl va metodlar, subsidiyalar va stipendiyalar, ta’lim mazmimi asosnomasiga fanlararo yondashuv, pedagogik jarayonning axborot ta’minoti, o’z-o’zini boshqarish muammolari, sifat baholari, fan va ta’lim integratsiyasi va boshqalar;
noformal ta’lim va kattalar ta’limi: mustaqil o’qishning xalqaro aspektlari, kattalar ta’limini tashkil qilish bo’yicha xalqaro tajribalar, tashkilotlarning o’ziga xosliklari, tizimli yondashuv va ta’minot va h.;
innovatika: innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning psixologik va pedagogik asoslari, innovatsion ta’limni baholash muammolari, innovatsion jarayonlarni bashorat qilish, ta’lim jarayonini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, ta’lim sohasida innovatsion faoliyat darajalari.
1.2. Qiyosiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlariga tavsiflash, statistik, tarixiy, sotsiologik va analitik metodlar kiradi.
Tavsiflash metodi nihoyatda aniqlik va ob’ektivlikni talab etadi. Ushbu metod ta’lim tizimini boshqarish, o’qituvchilar tayyorlash, o’quv yurtlarining dastur va rejalari, bolalar va yoshlar faoliyatini tashkil etishda qo’llanadi.
Statistik metodtavsiflash metodi bilan uzviy bog’langan. Bu metod ta’lim tizimiga oid raqamlar, ma’lumotlarni tahlil va talqin qiladi, baholaydi. Xususan, o’qitish bosqichlari bo’yicha ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishi, o’quvchilarning ijtimoiy tarkibi kabilar shular jumlasidandir.
Tarixiy metodta’lim tizimining paydo bo’lishi va shakllanishi, uning rivojidagi an’analar va turli tarixiy davrdagi o’zgarishlarni tadqiq etadi. Zero, tarixiy metod tahlil qilinayotgan pedagogik hodisaning hozirgi holatini ancha chuqur tushunishga yordam beradi.
Sotsiologik metod boshqa metodlar bilan uzviy bog’liq. U ta’lim tizimining ijtimoiy xarakterini baholash, ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, mazmuni va metodlarini tahlil qilish kabilarni nazarda tutadi.
Analitik metodorqali ta’lim tizimining asosiy xususiyatlari ijtimoiy-siyosiy jihatdan baholanadi, ta’lim tizimining tuzilishigi asos bo’ladigan umumiy tamoyillar belgilanadi, ta’lim mazmuni va uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi talablariga mosligi aniqlanadi.