Bulut texnologiyalarning noqulayliklari va kamchiliklari Unda "bulut" va siz bilishingiz va ko'rib chiqishingiz kerak bo'lgan bir qator kamchiliklari bor:
Internet mavjud bo'lmaganda kirish imkoni bo’lmaydi va agar u bo'lmasa, unda faqat kompyuterga yuklab olingan hujjatlar bilan ishlash mumkin bo'ladi. Ta'kidlash joizki, Internet tez va sifatli bo'lishi kerak.
O'rnatilgan dasturga qaraganda katta hajmdagi ma'lumotlarni uzatishda bulut xizmati asta-sekin ishlashi mumkin.
Xavfsizlik kamdan-kam hollarda qoniqarsiz bo’lishi mumkin. “Bulut” zaxira nusxalarini yaratadi, shuning uchun tashvishlanishga hojat yo'q.
Bulut texnologiyalar- ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun qulay vosita bo’lib, apparat, litsenziyaga dasturiy ta'minot, aloqa kanallarini o’z ichiga oladi va foydalanuvchilar uchun maqsadlar, vazifalar, loyiha amalga oshirish uchun texnik ko’mak korsatadi (Rasm 5.1.) :
3.1-Rasm. Bulutli texnologiyalar sxemasi "Bulutlar" da ishlash xarajatlarni kamaytirish va korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bulutli texnologiyalarning o'ziga xos xususiyati bu apparat platformasi va geografik hududga biriktirilmasligi, kengayish ehtimoli . Mijoz dunyoning istalgan burchagidan va Internetga ulangan har qanday qurilmadan bulutli xizmatlar bilan ishlashi, korxonaning o'zgaruvchan vazifalariga va bozor ehtiyojlariga tezda javob berishi mumkin.
Bulutli hisoblash Bulutli hisoblash deganda (cloud computing ingliz tilidan olingan) odatda internet servislar shaklida foydalanuvchiga internet xizmatlarni kompyuter resurslar shaklida taqdim etish tushuniladi. Hisoblash manbalari foydalanuvchiga "tozalangan" shaklda taqdim etiladi va foydalanuvchi qanday kompyuterlar uning so'rovlarini qayta ishlagan, qanday operatsion tizim ostida bu boshqarilganligi haqida tasavvurga ega bo’lmaydi.
5.2-Rasm. Bulutli hisoblash sxemasi Hozirgi vaqtda yirik hisoblash bulutlari ma'lumotlar markazlarida (MQIM) joylashgan minglab serverlardan iborat. Ular bir vaqtning o'zida millionlab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan o'nminglab ilovalar uchun manbalar bilan ta'minlaydi.
Bulutli hisoblashning xususiyatlari Rasm 5.3 da keltirilgan. Hisoblash manbalari egasi tomonidan, bulutli hisoblash tashqi foydalanuvchilarga axborot manbalarini taqdim etishga qaratilgan.
Foydalanuvchi tomonidan "bulutli hisoblash" – bu tashqi manbadan provayder tomonidan xizmat ko'rinishida ma'lumot manbalarini olish,to'lov to'lash belgilangan tarifga muvofiq iste'mol qilingan resurslar hajmiga qarab amalga oshiriladi.
Bulutli hisoblashning asosiy xususiyatlari bu kattaligik o’zgaruvchanligi va virtuallashuvi .
Kattaligik o’zgaruvchanligi - bu axborot resurslarining o'zgaruvchan yukiga qarab dinamik ravishda sozlash qobiliyati , masalan, foydalanuvchilar sonini ko'paytirish yoki kamaytirish, malumotlar omborlari yoki hisoblash quvvatining zarur hajmini o'zgartirish .
Virtuallashuv asosan abstraksiya va inkapsulyatsiyani ta'minlash uchun ishlatiladi (foydalanuvchi uchun qulay interfeysni ta'minlaydigan va shu bilan birga uni amalga oshirishning murakkabligini batafsil yashiradigan tizimni yaratish jarayoni).
3.3-Rasm. Bulutli hisoblash xususiyatlari Abstraktsiya "xomaki" hisoblash komminikatsion resusrlarni va axborot saqlovchilarni resurslar fondi shaklida sifatida aniqlashtiradi,birlashtiradi va bir xil resurslarni o'z ichiga olgan, ammo mavhum shaklda birlashtirilgan resurs qatlamini yaratish imkonini beradi. Ular foydalanuvchiga va bulut tizimlarining yuqori qatlam yuqori qatlamlariga virtual serverlar, klasterlar, fayl tizimi va ma’lumotlar bazalarni boshqarish tizimlar (MBBT) sifatida taqdim etilishi mumkin.
Ilovalarni inkapsulyatsyasi xavfsizlikni, boshqarishni va ajratishni yaxshilaydi .