turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo‘lishi mumkin:
- Umringda hech qushni ko‘rganmisan?
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon
ko‘rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan.
Sog‘lom fikr kanareykada qushni ko‘rgan bola u hech qachon qushni ko‘rmaganini
aytayotgan boladan ko‘proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush,
meva, daraxtini ko‘rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt,
bu mevani o‘z tajribamizda ko‘rganimiz hech qanday shubha uyg‘otmaydi.
Umumiy tushunchalar amalda ob’ektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa
tarixida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan. Umumiy tushunchalar tabiati
masalasi atrofida bahs o‘rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy
tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi
yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining
emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham
duch kelish mumkin. Xo‘sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday
echilmoqda?
Yakkalik
– faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya.
Yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu
nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Dostları ilə paylaş: