2.
Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus
kategoriyalar tashkil etadi
. Masalan, ontologiya, borliq va yo‘qlik, substansiya,
dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar
mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya,
antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z
kategoriyalar apparatiga egadir.
3.
Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika
kategoriyalari tashkil etadi.
Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu
sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy
falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik,
sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan.
Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq
kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va
kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa
falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu
farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari
turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy
jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday
qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng
shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy
tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi hollarda
umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari
dialektika
kategoriyalari deb ham nomlanadi.
Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish
mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar
. Substansion
kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida
qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya»,
«harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular
ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu
kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur
hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish
jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi
; ularning biri haqida tasavvur hosil
qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar
qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va
mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va
voqelik.
Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: