3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174543
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Yangi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili.
Yangi davrda fan yanada 
rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‘rdilar. 
Insonning aqli tabiat hodisalarining o‘xshash o‘zaro ta’sirlarida muqarrar tarzda 
takrorlanuvchi barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. 
Bunda muhim, takrorlanuvchi xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, 
ularning o‘rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida 
tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalarida o‘xshash, ikkinchi darajali 
xossalariga ko‘ra esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang 
variantlarining ideal invarianti

hisoblanadi. Yangi davr faylasuflarining asosiy 
e’tibori ilmiy bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga 
keladigan eng katta qiyinchilik ziddiyatlar birligi anglab etilmagan, empirizm va 
ratsionalizm dialogi esa empirizmning tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy 
bilimning o‘zaro nisbati muammosidir.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yig‘ish 
darajasida bo‘lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman o‘zgarmas narsalar va 
takrorlanuvchi jarayonlarning mexanik to‘plami sifatida tasavvur qilingan. Bu 
narsalar va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalar doim ham teran asoslanmagan. 
Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‘p jihatdan yo‘qolgan, qarama-
qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar to‘qnashuvi 
sifatida anglangan. Rivojlanish o‘zgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma 
harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e’tiborini 
tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligiga emas, balki asosan ularning 
miqdor jihatiga qaratishga da’vat etadi. Shunday qilib, qadimgilar dialektikasi 
o‘rnini ma’lum darajada dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan 
«metafizika» egallaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, «metafizika» atamasi odatda yo 
falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‘limi -ontologiya sifatida tushuniladi. 
Marksistik an’anada «metafizika» atamasi salbiy ma’no kasb etdi: dogmatizm, 
tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi. 
Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, 
zero Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi 
sifatida o‘rin olgan tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – Lavuaze modda 
va harakatning saqlanishi g‘oyasi; G.Leybnits ta’riflab bergan rivojlanish g‘oyasi; 
Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya va harakat, markazga intiluvchi va 
markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-tuman aloqalarning 
o‘rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat dialektikasi; 
Er evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy yondashuvning nazariy 

Инвариант – мазмунини айрим ҳодисалар туркуми барча муайян кўринишлари асосий 
белгиларининг нисбатан барқарор мажмуи ташкил этадиган тушунчани ифодаловчи тил бирлиги. 


ahamiyatini namoyish etgan Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi Kant – 
Laplas gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi – o‘sha 
davr fani yutuqlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir. Shu sababli Yangi davr va 
Ma’rifat davri falsafasi dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, 
balki dialektika rivojlanishining o‘ziga xos va ancha etuk bosqichi hisoblanadi.
Nemis klassik falsafasining atoqli namoyandasi Immanuil Kant XVII-XVIII asrlar 
fani va falsafasining g‘oyalari va kategoriyalarini tizimga solishga ahd qiladi. Shu 
maqsadda u kategoriyalarning uch guruhi: 
hissiyot, idrok va aql kategoriyalarini 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin