tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan
ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati,
shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan
konkret sharoit bilan
belgilanadi. Sakrashlar:
1
) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust);
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra);
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq);
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq
qiladi
.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya»
tushunchasi keng va tor
ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish
jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu
jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya»
deganda
inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi.
«Inqilob» tushunchasi
ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas ,
balki tubdan o‘zgarish yasaydigan sakrashdir
.
Islohot jamiyat hayotining biron-bir
muhim tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi
asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni,
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil
qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash»
kategoriyalari
yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi,
harakati va o‘zgarishi qanday,
qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib,
ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning
ichki
mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning
mexanizmini
yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy
tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: