predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi
yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har qanday xossa
(temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga ega bo‘ladi. Har
qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir..
Miqdor-
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi.
Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir
qatorda muayyan miqdorga
ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu
kabilar bilan tavsiflanadi.
U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning
qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga
bog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin.
Shuningdek, miqdor turli predmetlarning
ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. Shu
ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini
mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga
tadqiqotning
miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning
o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlovchi ayrim ko‘rinishi
sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada
miqdoriy munosabatlar son, qiymat, funksiya, to‘plam tushunchalarida ifodalanadi.
Hozirgi zamon fani matematik apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran
qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat
va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan.
Dostları ilə paylaş: