Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima?
Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga
«beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida
qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan
iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan
xalos bo‘lishga harakat qiladi. Shunday qilib,
qarama-qarshiliklar kurashi
qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz
beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy,
o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb
etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Dostları ilə paylaş: