Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog‘liqligi va butunning qismga
sezilarli darajada bog‘liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g‘ildiragi yoki ruli
uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o‘z sifatida avtomobildan
qat’iy nazar mavjud bo‘lishi mumkin.
Noorganik yaxlitlikda qismlarning butunga bog‘liqligi ortadi, butunning qismga
bog‘liqligi esa kamayadi. Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‘z
xossalarini saqlash va nisbatan o‘zgarmas bo‘lib qolish imkonini beradi. Masalan,
elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan
elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Organik yaxlitlikda organik dunyoda nafaqat qismlarning o‘zaro mosligiga, balki
ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning
qismlari butundan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Tanadan uzilgan qo‘l faqat
nomigagina qo‘l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil
etuvchi qismlarni, balki qismlar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali
amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Demak
butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda
joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga
kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan
alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari –
vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‘z qismlarining oddiy
yig‘indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni
quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi.
Butun hosil bo‘lganda qismlar xossalarining yig‘indisidan iborat bo‘lmagan yangi
sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‘zaro
aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika butunni bilish
faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishi
mumkin va aksincha, qismlarni o‘rganish butunga doir oldingi bilimga tayanishi
lozim, deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: