Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo‘lib tuyuladi.
Bu ziddiyat yo tasodifiy
hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo‘lmasligi
bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham
muayyan sababga ega bo‘ladi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida
tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan.
Ingliz faylasufi
T.Gobbs: «Ertaga yog‘adigan yomg‘ir zarur, ya’ni zaruriy sabablar bilan
belgilangan; lekin biz unga tasodifiy deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero
amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz
ko‘ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi»
13
, deb qayd etgan. Shunga o‘xshash
fikrni Golbax ham ilgari suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa
tasodifan yuz berishi
mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo‘ysunadi; bu qonunlar faqat
muayyan oqibatlarning sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi... Atomlarning
tasodifiy birikishi haqida gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog‘lash
jismlarning
harakatlanishi, uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini
bilmaslikni tan olish demakdir»
14
. Ko‘rib turganimizdek, tasodif sababi noma’lum
bo‘lgan zaruriyat sifatida talqin qilingan.
Sababi aniqlangani zahoti tasodif
zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu – mexanistik materializm talqini. Tasodif
ilmiy nazariyalardan quvg‘in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz
omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor etilishidan dunyoda hamma narsa zarur,
degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur yondashuvning tadrijiy oqibati o‘laroq
fatalizm yuzaga keladi: nimaiki yuz bermasin, hatto
ahamiyatsiz voqealar ham
zarur, muqarrar bo‘lib, sabab-oqibat aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas
bo‘g‘in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqeani muqarrar deb biladi.
XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko‘rsatib
berildi.
Dostları ilə paylaş: