3 mavzu Saxnalashtirish faoliyati vositasida bolalarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish Reja


Ijodiy faoliyatga o`rgatish metodikasi fanining vazifasi



Yüklə 22,61 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü22,61 Kb.
#185687
1   2
114458 3 mavzu

2 . Ijodiy faoliyatga o`rgatish metodikasi fanining vazifasi
Maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilin o`yinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko`rsata olishini isbotladi. Albatta, bolalar ijodkorligi o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi. Ta'lim jaraonida, ertaklar eshitish, har xil rasmlarni ko`rish tufayli bola o`yinchoq yasashdan oddin o`zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta —sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval kattalarning og‘zaki ta'siri bilan ixtioriy tasavvur obrazlari hosil bo`lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin. Bolalar badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish yo`llarini o`rganganda, bolalarga berilgan topshiriqlarni 3 bosqichda murakkablashtirib borishimiz mumkin. Birinchi bosqichda bolalarga ulardan ijodiy faoliyatda dastlabki yo`nalishni talab qiladigan topshiriqlar beriladi:Tarbiyachining (o`zing yasa, bir narsa o`yla, qidirib top, o`zgartir kabi) ko`rsatmalari bo`yicha bolalar pedagog bilan birga ishlab, ijodkorlik elementlarini namoyon etadilar. Ikkinchi bosqichda bolalarni aniq maqsadga muvofiq ishlashga va izlanishga da'vat etuvchi topshiriqlar beriladi. Bola tarbiyachi bilan birga ishlab, o`zlashtirgan ko`nikmalarni kombinatsiyalash va o`zgartirish mumkinligini tushuna boshlaydi. Nihoyat, uchinchi bosqich — bolani turli faoliyatda fikrlash bo`yicha mustaqil harakat qilishga, o`z ishlarini rejalashtirishga, tasvirlash vositalarini tanlashga o`rgatadigan topshiriqlardan iboratdir. Tarbiyachi bolalarga topshiriqni emotsional tarzda tushuntiradi. Tarbiyachining izohi bolalarni qiziqtirishi, buning uchun tarbiyachi goho o`yin elementlaridan, o`yin harakatlaridan foydalanishi mumkin. Bolalar ko`z o`ngida qo`g‘irchoqlar paydo bo`ladi. Ular birgalikda tomosha qo`yishni so`raydilar. Bunday ertak personajlarning kutilmaganda paydo bo`lishi bolalarni suyuntirib yuboradi. O`yinchoqlarning harakatlarini ko`rib, bolalar sevinib ketadilar, tarbiyachi ularga qarab murojaat qilaotganidan mamnun bo`ladi. Agar tarbiyachi mashg‘ulotda o`yin usulini qo`llaotgan bo`lsa, u mashg‘ulot davomida o`iinda qatnashadigan personaj to`g‘risida oldindan o`ylab qo`yadi. Masalan, qo`g‘irchoq mana shunday personaj rolini bajarib, bolalar qanday ishlaotlanligi bilan, topshiriqni kim qanday bajaraotganligi bilan qiziqib ko`rishi mumkin. Keyin u bolalarning hatti — harakatlarini ma'qulaydi, ijodiy ishlashga qiynalaotgan bolalarga yordam beradi va boshqa shunga o`xshagan ishlarni bajaradi.Mashg‘ulotda har doim ham bir xildagi o`yin harakatlaridan foydalanmaymiz, har bir mashg‘ulot oldidan bolalarning ruhini ko`taradigan, kayfiyatini yaxshilaydigan tadbirlar tashqil qilamiz. Buning uchun bolalarga she'r o`qib berishimiz, qo`shiq aytib berishimiz, topshiriqlar bo`yicha topishmoqlar aytib, kichkintoylarni qiziqtirishimiz lozim.
Yüklə 22,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin