JO’RAYEVA GULIRA’NO NAZIRJON QIZI. APPLIKATSIYA MASHGULOTLARIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. 70110201- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) Magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan TAQDIMOT Ilmiy rahbar: Namangan davlat universiteti, maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi, p.f.n., dotsent. M.Abdullayeva
Kirish .
Kirish .
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisolanib, u har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsni tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentiyabrdagi Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2017 yil 19 oktyabrь kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishida “...zamonaviy talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish,o’quv va o’quv metodik adabiyotlarnining yangi adabiyotlarini yaratish. ...farzandlarimizga bilim asoslarini,eng zarur xayotiy tushuncha va ko’nikmalarni o’rgatadigan zamonaviy tarbiya usullarni yaratish vazifalari yuklatilgan.
Халқ сўзи 2017 йил 20 октябр
Тadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
Тadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
Ilmiy adabiyotlarni tahlili natijalariga ko’ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarida applikatsiya mashg’ulotlarida multimediya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini tashkil etishni rejalashtirish asosida Sh.T.Xasanovaning ”Tasviriy faoliyatga o’rgatish nazariyasi va metodikasi” fani asosida tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimni o’rganib chiqganligi,hamda Sh.Nurmatova, Sh.T.Xasanova, D.E.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg’ulot fanida tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, Sh.A Sodiqova. Maktabgacha pedagogikasidan, “Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo’llanmalaridan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash texnologiyasi muammosi bo’ycha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi aniqlandi.