Kadrlar tayyorlash milliy modeli. O`qituvchi va uning jamiyatdagi urni, Pedagogika fanining mavzusi, bahsi va ba barkamol insonni tarbiyalashdagi urni, O`quvchi shaxsi-tarbiya jarayonining ob`ekti va sub`ekti sifatida, Milliy g`oya, milliy mafkuraning pedagogik asosi va insonning nodir betakrorligi, Didaktika-o`qitish va ma`lumot nazariyasi, Ta`lim qonuniyatlari va tamoyillari, Ta`limning mazmuni va davlat standartlari, O`qitish metodlari va vositalari, O`qitish jarayonini tashkil qilish turlari, O`quvchilarning bilimlarini tekshirish va baholash, Tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mazmuni, Tarbiyada oila, ta`lim muassasasi va jamoatchilikning hamkorligi, Tariya qonuniyatlari, tamoyillari va metodlari,Ta`lim-tarbiya jarayonida өquvchilarda ilmiy dunyaqarashni shakllantirish.
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida P. ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.