Normuxamedov Azamat 611-18 guruh talabasi


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#163109
1   2   3   4
mustaqil ish

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

Pedagogika fanining tarmoqlari.

  • Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
  • 1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
  • 2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularni moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
  • 3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
  • 4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
  • 5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
  • 6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
  • 7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
  • 8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
  • 9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
  • 10. – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin