JAMSHID
G‘IYOSIDDIN
AL-KOSHIY
Koshiyning
matematika
sohasida
qilgan
kashfiyotlari juda katta. Uning zamonida
hisoblash ehtiyojlari uchun 60 li sanoq
sistemasidan foydalanilar edi. U birinchi bo‘lib
o‘nli kasrlarni kashf qildi va ular ustida amallar
bajarishning
qoidalarini
ko‘rsatib
berdi.
Koshiyning ikkinchi kashfiyoti sonlardan p-
darajali ildiz chiqarish amali edi. Koshiy Umar
Hayyom asarlari orqali formulani ixtiyoriy
natural darajalar uchun bilgan va undan
ixtiyoriy
sondan
natural
darajali
ildiz
chiqarishda foydalngan.
O.Xasanboeva
va boshqalar
Pedagogika
tarixi
T. 2004 y
F. N. BLIXER
F.N.Blixer ko‘p yillar bolalarda matematik tasavvurlarini o‘stirish masalalari
ustida ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi: «Bolalar bog‘chasi va nulevoy gruppada
matematika», «Didaktik o‘yinlar», «Birinchi sinfda qiziqarli o‘yinlar va mashqlar»,
1932, 1934, 1938, 1945, 1958 yillardagi tarbiya dasturlarining matematikaga
o‘rgatish bo‘limini ishlab chiqdi. F.N.Blixer bolalarni sanashga o‘rgatish kerak
emas, sharoit yaratish kerak deydi. U maxsus mashg‘ulotlarni inkor etadi. Faqat
tayyorlov gruppalardagina mashg‘ulot o‘tkazish kerak, deydi. U ko‘prok yakama-
yakka yo‘l-yo‘lakay o‘rgatishni ma’qullaydi. Bu bilan u Tixeeva va SHlegerlarning
fikrini quvvatlaydi. Blixer didaktik o‘yinlarga katta ahamiyat beradi. U juda qiziqarli
didaktik o‘yinlarni ishlab chiqdi. Didaktik o‘yin bu o‘rgatishning eng asosiy metodi
deydi. “Didaktik o‘yinlar” kitobida tarbiyachilarning ish tajribalaridan foydalanadi,
lekin ilmiy asoslanmaydi. CHunki biz bilamizki bolalarni faqat maxsus
mashg‘ulotlardagina o‘rgatish mumkin. Didaktik o‘yin esa asosiy metodlardan
faqat bittasidir. Lekin u birdan bir metod bo‘la olmaydi. U boshqa metodlar bilan
birgalikda qo‘llaniladi. SHunday qilib, F.N. Blixer 30-40 yillar ichida bog‘cha ishiga
katta hissa qo‘shdi. Lekin hayot bir joyda turmaydi, oxirgi 50-60 yillar davomidagi
ilmiy ishlarning natijalari bolalar bog‘chasida elementar matematika tasavvurlarini
ishini ilmiy asosda olib borish imkonini berdi. Xozirgi vaqtda Blixerning didaktik
o‘yinlaridan qisman foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |