Ulug‘bek — buyuk o‘zbek olimi va davlat arbobi. U Temur (1336:, 1405) nabirasi.
Muxammad Tarag‘ay. 1409 yilda SHohrux otasining davlati o‘rnida ikkita mustaqil
davlat tuzdi. Biri — Xyposon — markazi Xirot, ikkinchisi Movaraunnahrni
(boshqarishni)
markazi
Samarqand.
Xirotni
SHohrux
o‘zi boshqardi.
Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug‘bekka topshirdi. Bobosi Temurning aksi
sifatida Ulug‘bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo‘lsagina, biror
xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm-fan,
qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko‘proq qiziqtirar edi. U 1447 yil
Buxoroda, 1490 yil Samarqandda, 1432 — 1433 yillari Gijduvonda madrasa
qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Go‘ri — Amir» maqbarasi va «SHoxi — Zinda»ni
qurilishini nihoyasiga etkazdi. Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi
Obi Rahmat tepaligida o‘zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi 3
qavatli bo‘lib, uning asosiy quroli — seketantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug‘bekning ilm — fanga qiziqishida, birinchidan bobosi — Temur bilan o‘zga
yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o‘tkaziladigan
suhbatlar, otasi — SHohruxning noyob kitoblarini sevishi va yig‘ishi, yunon
olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Menelaylarning, shuningdek, o‘z vatandoshlari
— Xorazmiy, Beruniy Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo‘lish, o‘sha
zamonda O‘rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa fanlardan etuk asarlar
mavjudligi sabab bo‘lgan. Bu shart — sharoitlarning hammasi Ulug‘bek ilmiy
yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga
kelishga sabab bo‘ldi. Zijning amaliy astronomiyaga taalluqli qismida ekliptika
ekvatorga og‘ishi, osmon yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, erdagi ixtiyoriy
punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar
orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor.
Ulug‘bekning yulduzlar ro‘yxati 1018 yulduzdan iborat bo‘lib, u yulduz
turkumlari bo‘yicha joylashtirilgan. Ro‘yxatda har bir yulduzning turkumdagi
nomeridan tashqari, uning yulduz turkumidagi o‘rnining qisqacha tavsifi, 1437
yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan.
JAMSHID G‘IYOSIDDIN AL-KOSHIY
O‘rta Osiyolik atoqli matematik va astronom. To‘liq ismi Jamshid Ibn Ma’sud
Ibn Maxmud G‘iyosidin al Koshiy. Taxminan 1430 yilda Samarqandda vafot etgan.
Uni «Koshoniy” ham deb atashadi, chunki u Eronning Koshon shahrida tug‘ilgan.
Koshoniyning tarjimai holi haqida deyarli ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi matematika
tarixchilarining yozishiga qaraganda u boshlang‘ich ma’lumotni o‘z ona shahri
Koshiyda olgan. XV asrda Koshon ancha rivojlangan sh ahar bo‘lgan. U o‘zining
olimlari, ayniqsa qo‘li gul ustalari bilan birga sharqda dong taratgan. O‘rta asr
olimlari singari Koshiy ham fanning juda ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan. U
qiziqqan fanlar qatorida meditsina ham bo‘lgan. Koshiyni Ulug‘bek o‘zining
astronomiya maktabida ishlashga taklif qilgan. Astronomiya maktabi uchun ilmiy
kadrlar zarur edi. Koshiy Ulug‘bek madrasasida Astronomiya va matematikadan
dars berdi. Bir vaqtning o‘zida u Ulug‘bek maktabida olib borayotgan ilmiy ishlarda
ham ishtirok etdi. U ilmiy ishlarning yakuni sifatida "Hisob kaliti", "Aylana haqida
risola", "Vatar va sinus haqida risola" nomli va boshqa ko‘plab asarlarni yaratdi. Bu
usul Koshiygacha bo‘lmaganmi, degan savolga matematika tarixchisi P.Lukey bu
usul kub ildiz chiqarish uchun Ahmad al- Nasafiyda uchrashini aytdi. Nasafiyda
uchrashini aytadi. Lukey Nasadiy bilan Koshiy orasidagi davrda bu usul bilan Umar
Hayyom shug‘ullangan bo‘lishi kerak deb taxmin qiladi. Lekin bu usulning istalgan
natural p-lar uchun umumlashtirishi shubhasiz Koshiyga taaluqli. Koshiyning
"Aylana haqida risola" asari aylana uzunligining o‘z diametriga nisbatan, ya’ni P-
sonini hisoblashga bag‘ishlangan. P-ning aniq qiymatini hisoblash bilan olimlar juda
qadim zamonlardan boshlab shug‘ullanishgan. Koshiy P-ping qiymatini hisoblashda
Arximedning usuli aylanaga ikki muntazam ko‘pburchak chizishdan foydalanadi.
Koshiyning uchinchi asari — "Vatar va Sinus haqida risola" hozircha
topilmagan. Lekin "Hisob kaliti" asarida eslatilishicha, Koshiyning bu asari ham
matematikaning muhim muammolaridan bo‘lishi — berilgan yoy va vatarga ko‘ra
uning uchdan birining vatarini anglashga, hozirgi belgilashlarda esa sin3
0
bo‘yicha
sin1
0
ni topishga bag‘ishlangan.
Dostları ilə paylaş: