Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining
rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. SHuning uchun birinchi bosqichda pedagog
(tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko‘p talab qilmaydigan masalalarni taklif
etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani o‘zlashtirishi, keyin esa bora-bora
bolaning o‘zi mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilgunicha matematik
tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani
o‘zlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning
mazmuniga ham bog‘liq. Har bir tushunchadagi ma’lumotlar matematik
tushunchalar va g‘oyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir, bu esa tarbiyachi
tomonidan faol o‘zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha o‘ylangan
bo‘lishi kerak. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda ta’limning
didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish
dialektikaning asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan inkorni inkor qonuni asosida
qurilgan bo‘lishi kerak. Bu qonunga ko‘ra, bir muammoni boshqa bir muammoga
almashtirish
ular
orasidagi
aniq
bog‘lanishga asoslangan bo‘lishi
kerak. Keyingi va oldingi masalalar
orasidagi qonuniy bog‘lanish ularning ichki
sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatiy
birlik har bir to‘plam masalalarning qanday
maqsad uchun tuzilish strukturasidan kelib
chiqadi. Masalalar echishda uddaburonlik
bilan xulosalar chiqara olishi, paydo
bo‘lgan muammolarni echishning yo‘llarini
topa bilishi ham zarur. Masalalar echishda
pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan to‘liq foydalanishga imkoniyat
beradigan eng qulay va sodda masalalarni echishdan ishni boshlash kutilgan
natijalarga olib kelishi mumkin.
SHuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning
mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, echish usullariga, qolaversa,
mashg‘ulotning tashkil qilinishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limda har bir mashg‘ulot tugallanadigan maqsadni o‘zida
mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot etarli darajada qoniqarli va
muvaffaqiyatli o‘tishligi uchun tarbiyachi mashg‘ulotning umumiy ta’lim,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish
usullarini aniq tushungan va egallagan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotda masalalar
echish jarayonida har bir bola uning
mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga,
maxsus va umumiy o‘quv ko‘nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va
tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotning har bir maqsadi
aniq bo‘lib, bilimda aniq bir sifat o‘zgarishni ko‘zda tutgan bo‘lishi kerak. Bolada
masalalar echish uchun tegishli
ko‘nikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy
fikrlash faoliyati, qolaversa, unda
axloqiy
tarbiyasi ham to‘la shakllangan bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi savol yordami bilan bolani
rag‘batlantirishi, mashg‘ulotlarda uni, muammoli
jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg‘ulotlar tashkil qilishi kerak. Bu ishlarni
amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:
— tasodifiy “bo‘shliqqa” yo‘l qo‘ymaydigan mashg‘ulotning borish tezligini saqlab
turmoq;
— ishning boshlanishiga qadar barcha
tushuntirishlar, buyruq va ko‘rsatmalar aniq
qilingan bo‘lishi zarur;
— pedagog (tarbiyachi) o‘z tushuntirishlarida bolalarning individual javoblari
vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
— bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan
chalg‘itmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan
tanbehlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
— ishning shakli va ko‘rinishi har xil bo‘lishligi;
— muhokama qilinayotgan materialni tahlil qilishda har xil strategik usullarni
tashkil qilshdan foydalanish;
— maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, bir masalani turli
usullar bilan og‘zaki echish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda
tiklay olishini, paydo bo‘lgan bar xil muammolarni og‘zaki bajarishning to‘g‘ri
yo‘lini topa bilishlik qobiliyatini yanada
rivojlantiradi va shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: