3-mavzu: Statistik izlanish asoslari va ko'rsatkichlar sistemasi Reja



Yüklə 168,06 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü168,06 Kb.
#169495
  1   2   3   4   5   6
3-maruzaBFS (3)


3-mavzu: Statistik izlanish asoslari va ko'rsatkichlar sistemasi
Reja:
3.1. Statistik kuzatishga tavsifnoma.
3.2. Maъlumotlar svodkalarini yig'ish va guguruhlashni mazmuni.
3.3. Umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarni hisoblash tartibi va turlari.
3.4. Dinamik qatorlar, ularning turlari va ahamiyati.

Asosiy tushunchalar: statistik kuzatish, dinamik qatorlar, svodkalarini yigish, mutlak qo'shimcha o'sish, bank statistikasi, bank menejmenti, bank marketingi, statistik kuzatish, bank tizimi, buxgalteriya hisobi, kredit, tahlil, hisob-kitob, kredit muassasalari




1. Statistik kuzatishga tavsifnoma
Bank statistikasida izlanishlar olib borish uchun maъlumotlarni banklar va boshqa muassasalarda turli muddatlarda, turli xajmlarda tuziladigan buxgalteriyaga oid va statistik hisobot maъlumotlaridan olinadi.


Ҳар кандай статистик изланишлар олиб бориш жараёни шартли равишда 3 боскичга бўлинади.
Буларга:


Ҳар кандай статистик изланишлар олиб бориш жараёни шартли равишда 3 боскичга бўлинади.
Буларга:



Ijtimoiy xodisalar hamda jarayonlar haqidagi maъlumotlarni rejali, ilmiy uyushtirilgan asosda tuplash jarayonini statistik kuzatish deb atalib, tekshirishning poydevori, birinchi va eng masъuliyatli boskichi hisoblanadi.


Statistik kuzatish - bu vokea va xodisalarni tashqiliy hisobi hisoblanib shu asosda ommaviy ravishda birlamchi statistik maъlumotlar yigish hisoblanadi. Statistik kuzatishning tashkil qilish shakli bo'lib, statistik hisobot shakllari orkali sistematik ravishda maъlumotlarni olish hamda maxsus statistik tekshiruv unga asosan maъlumotlarni olish hisoblanadi.
Maxsus statistik tekshiruv kullashning asosiy sababi, joriy hisobotga kiritilgan maъlumotlarni aniqlashdan iboratdir.
Statistik kuzatish qanchalik to'g'ri va chukur ilmiy muloxazalar asosida tashkil etilsa, okibatda tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga muvofik javob bera oladigan bo'ladi. Masъuliyatsizlik bilan tuplangan noaniq va tartibsiz boshlangich maъlumotlar o'rganilayotgan xodisa xususida noto'g'ri yakuni va xulosalarni chiqarishga sabab bo'ladi. Statistik kuzatish amalga oshirilayotgan bir qator shart-sharoitlarni hisobga olinishi talab qilinadi. Aks xolda tuplangan maъlumotlar ilmiy tekshirish talablarini to'la kondirmasligi va xattoki butunlay yaroksiz ham bo'lishi mumkin.
Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan uzaro bog'lanishda va bir-butunlikda qayd qilish lozim. Binobarin statistik maъlumotlar tasodifiy, tuplam bilan bog'lanmagan xolda emas, balki to'la olingan bo'lishi kerak. Maъlumotlar to'la-to'kis bo'lishi uchun eng avvalo, kuzatilayotgan tuplamdagi birliklar makon chegarasida to'la hisobga olinishi kerak. Bu erda suz fakat yoppasiga kuzatish ustida borayotgani yo'q. Maъlumotlarni tanlab kuzatish yuli bilan ham olish mumkin. Ammo bunday usulga kuzatishni amalga oshirayotganda tanlab olingan tuplamning to'la vakolatliligini taъminlash va unga kiritilgan barcha obъektlarni to'la-tkkis, bittasini ham mustasno kilmasdan tekshirish zarurdir. Masalan, sanoat tarmogini o'rganish lozim bo'lsa, u vaqtda barcha korxonalarni hisobga olish kerak. gki shu tarmouka taalluuli va uning xolatini tavsiflovchi bir gurux tipik korxonalar hisobi olinadi. Statistik kuzatishning to'laligi maъlumotlarning vaqt bo'yicha kamrab olishi bilan ham belgilanadi. Agarda birinchi yilda tuplam kuzatilsa, ikkinchi yilda esa kandaydir boshqa birliklar tushib kolsa va shu tarzda kuzatish davom etaversa, u xolda olingan maъlumotlar vaqt bo'yicha to'la-tkkis bo'lmasdan ularning taukoslamaliligiga putur etadi. Ayrim xollarda esa xodisalarning vaqt bo'yicha o'zgarishi tasodifiy omillar taъsiridan xoli bo'lmaydi. Bunda tasodifiy taъsir kuchini yumshatish va haqiqatni to'larok aniqlash maqsadida kup yillik maъlumotlardan foydalanish zaruriyati tugiladi.
Olinayotgan maъlumotlar aniq, xaukoniy va ishonchli bo'lishi shart, aks xolda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo'la olmaydi. Bu erda gap maъlumotlarning fakat arifmetik jixatidangina aniq bo'lishi to'g'risida emas, balki u maъlumotlarning obъektiv haqiqatni aks ettirishi to'g'risida boradi.
Kuzatishning dasturiy uslubiy masalalari qo'yidagilarni o'z ichiga oladi:
• Kuzatishning maqsadi va vazifalari;
• Kuzatish dasturi;
• Kuzatish obъekti;
Kuzatish va hisob birligi;
• Kuzatish formulyari va yo'riknoma.

Har kanday kuzatishni o'tkazishda oldin uning maqsadi va vazifalari aniqlanib olinadi. Buni aniq va to'g'ri echish muxim ahamiyat kasb etadi, chunki kuzatish dasturi obъekti va hisob birligi uning maqsadi va vazifalariga boglik. Noaniq va mujmal belgilangan maqsad va vazifalar kuzatish jarayonida kerakli maъlumotlarning tushib kolishiga sabab bo'lishi mumkin. Buning natijasida sarflangan mexnat va mablag'larning samaradorligi pasayadi. Masalan, mamlakatimizda barcha statistik kuzatishlar yagona maqsad, u ham bo'lsa statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlilni yanada chukurlashtirish, statistikaning tahlil vazifasini oshirishdan iborat. Bu umumiy maqsaddan tashkari xar bir kuzatish uzining xususiy maqsadi va vazifalariga egadir.





Yüklə 168,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin