3-mavzu: Statistik izlanish asoslari va ko'rsatkichlar sistemasi Reja



Yüklə 168,06 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü168,06 Kb.
#169495
1   2   3   4   5   6
3-maruzaBFS (3)

x = x100% = 35% ga теg,
1000
qisqa muddatli kreditlarning salmogi esa:
x = x100% = 65% ga teng bo'ladi..
1000

O'rganilayotgan obъekt bo'yicha turli o'zgarishlarni davriy yoki vaqt nuutai nazaridan bilib borish uchun nisbiy mikdorlarning usish (kamayish) surъatlarini hisoblash usuli kullaniladi. Hisoblash jarayoniga karab, usish (kamayish) surъatlari bazisda zanjirsimon bo'lishi mumkin.




4. Dinamik qatorlar, ularning turlari va ahamiyati
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar doimo xarakatda, o'zgarishda hamda rivojlanishda bo'lib, taraukiyot esa oddiydan murakkabga, kuyidan yukoriga, eskidan yangiga karab boradi. Statistika ijtimoiy xodisalarni fakat mavjud (kotgan) xolatda olib karamay, balki ularning vaqt ichida o'zgarishini ham o'rganadi. Ijtimoiy xodisalarning vaqt ichida o'zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni taъriflovchi ko'rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.


Har qanday dinamika qatori quyidagi ikki unsurdan:
• xronologik momentlar (sanalar), davrlar (yil, oy va xokazo) ruyxatidan;
• utganilayotgan xodisaning soni , xajmi, mikdorini tavsiflovchi darajalardan tashkil topadi.

Bo'lardan tashkari dinamika qatorlarida analitik maqsadlar uchun hisoblangan o'rtacha va nisbiy mikdorlar ham keltirilishi mumkin. Shuningdek, bu qatorlardan boshlangich (bazis davr -D0 ), oxirgi (joriy davr - D1) darajalar va rejalashtiriladigan davr (Dp) mavjuddir.


Dinamik qatorlarni tuzish jarayonida maъlum shart-sharoitlargi rioya qilish lozim. Dastavval ko'rsatkichlarning taukoslamaligini taъminlash kerak. Buning uchun ular bir xil ulchov birligiga keltirilishi, davrlar mikyosida olganda esa bir xil uslubda hisoblangan bo'lishi kerak.
Bundan tashkari barcha davrlar uchun kuzatish obъekti xudud jixatidan bir xil tarzda echilgan bo'lishi lozim. Kuzatish birligini turlicha kabo'l qilish dinamika qatorlarining notaqqoslamaligiga olib kelishi mumkin.
Maъlumotlar taqqoslama bo'lishi uchun ular tegishli bo'lgan davrning uzun- kiskaligi va hisoblashdagi aniqlik (0,1; 0,01 yoki 0,001 aniqlikda) darajalari bo'yicha ham bir xil bo'lishi kerak. Bo'lardan tashkari dinamika qatorlarini o'rganayotganda qatorlarga kiritilgan yillar bir-biridan tasodifan fark kilmasligi kerak. Bu narsa ayniksa boshlangich qatorning oxirgi davrlariga taalluulidir.
Statistik kuzatish natijalari ikki turdagi mutlak mikdorlar bilan ifodalanadi.
Birinchi turdagi miqdorlar xodisalarning aniq sanadagi, momentdagi xolatini tavsiflaydi. Masalan, axoli soni, asosiy ishlab chiqarish fondlarini kaytimi, omonat kassalaridagi pul kuyilmalari va shunga kxshash odatda yil boshiga yoki yil oxiriga nisbatan hisoblanadi. Bunday ko'rinishdagi mutlak mikdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari momentli dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Ikkinchi turdagi mutlaq miqdorlar xodisalarning maъlum bir davr ichidagi xolatini tavsiflaydi. Masalan, ishlab chiqarilgan maxsulot xajmi, mexnatga xak to'lash jamgarmasi, etishtirilgan paxta mikdori kabilar shu turdagi mutlak mikdorlar jumlasidandir. Ular asosida tuzilgan dinamika qatorlari davriy qatorlar deb yuritiladi.
Dinamika qatorlarining boshlangich mutlak qatorlariga asoslangan xolda xosilaviy qatorlarni ham tuzish mumkin. Xrsilaviy dinamik qatorlar deyilganda mutlak mikdorlar asosida hisoblangan nisbiy va o'rtacha mikdorlar hamda ular bo'yicha tuzilgan dinamik qatorlar tushuniladi. Masalan, axoli zichligi, 1 ga erga solingan ugit, xar 1000 kishiga to'g'ri kelgan tugilish hamda ulish, maxsulotlarning bir-birligiga sarflangan vaqt va xokazolar intensiv nisbiy mikdorlar jumlasiga kirib, ular asosida tuzilgan qatorlar xosilaviy dinamik qatorlar deb yuritiladi.
Har uch turdagi dinamika qatorlarini quyidagi maъlumotlar yaqqol tavsiflaydi:
T/r Ko'rsatkichlar
1. O'zbekiston axolisining soni (yil boshida, mln kishi)
2. O'zbekiston axolisining O'RTAcha soni (mln kishi)
3. Ishlab chiqarilgan don maxsuloti (ming t.)
4. Jon boshiga to'g'ri kelgan don maxsuloti (kg)

Bu erda birinchi qator - momentli, uchinchi qator davriy, ikkinchi va turtinchi qatorlar esa o'rtacha xosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi.


Momentli va davriy qatorlar bir-biridan kuyidagi xususiyatlari bilan fark qiladi:
• Agar momentli qatorlarda xar bir daraja o'rganilayotgan xodisaning ayni sana, momentdagi xolatni, mikdorini ifodalasa, davriy qatorlardagi xar bir daraja maъlum davr ichidagi xodisa mikdorini ifodalaydi. Shuning uchun ham davriy qator darajasi davrlarning katta-kichikligiga boglik.
• Momentli qatorlardagi darajalarni kushish natijasi iqtisodiy mazmunga ega emas. Chunki momentli qatorlardagi xar bir keyingi daraja uzidan oldingisining to'la yoki kisman mikdorini (sonini, xajmini) uz ichiga oladi. Ularni kushib hisoblash takroriy qayta hisoblashlarga yul kuyishga olib keladi. Davriy qator darajalarini kushish esa real maъnoni beradi.
• Momentli va davriy qatorlarda o'rtacha darajalar xar xil usulda aniqlanadi.
Dinamika qatorlarini tahlil qilishda bir qator ko'rsatkichlardan foydalaniladi.
Ular o'rganilayotgan xodisaning usish yoki pasayish yo'nalishini kuzatishda, ayrim qonunlarni aniqlashda juda muxim ahamiyat kasb etadi.
Kursatkichlarni hisoblash ayrish yoki bo'lish usulida amalga oshirilib, natijada kuyidagi ko'rsatkichlarga ega bo'linadi:
• Mutlak kushimcha usish (yoki pasayish).
• Usish (yoki kamayish) koeffitsenti (foizda bo'lsa surъati).
• kushimcha usish (yoki kamayish) koeffitsenti (foizda bo'lsa surъati).
• 1% kushimcha usishning (yoki kamayishning) mutlok moxiyati.
Dinamika qatorlari ko'rsatkichlarini hisoblash ikki davr darajasini taukoslash natijasida olinadi. Odatda taukoslash uchun qatorning birinchi darajasi yoki oldingi yil darajasi kabo'l qilinib olinadi. Agar xar bir daraja uzidan oldingisi bilan taukoslansa (yaъni taukoslash yilma-yil bo'lsa), u xolda olingan ko'rsatkich zanjirsimon, agar xar bir daraja fakat doimiy bitta (yaъni boshlangich) davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan ko'rsatkich bazisli ko'rsatkich bo'ladi.



Yüklə 168,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin