3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə1/4
tarix30.03.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#91383
  1   2   3   4
3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja


3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya
Reja:
1. XI-XIII asrlarda Angliyada siyosiy markazlashishning boshlanishi.
2. Angliyada parlamentning vujudga kelishi.
3. Uot Tayler qo'zg'oloni.
4. Qizil va oq gullar urushi.
Tayanch so’z va iboralar: normandlar, Dahshatli sud kitobi, Garold, Vilgelm Istilochi, qalqon puli, Yuz yillik urush, oq va qizil gullar urushi.


Asosiy adabiyotlar

  1. Roger B. Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C. Naylor, Dahia Ibo Shabaka " World history: patterns of interaction". McDougle Little, USA, 2009

  2. Salimov Т. O’rta asrlar tarixi. –Toshkent, 2006.

  3. O’rta asrlar tarixi. V.P.Semenov. –T., “O’qituvchi”. 1973.

  4. История средних веков. Под ред. С.П.Карпова. част ИИ М. МГУ. 2001

  5. История средних веков. Под ред. З.В.Удалцовой и С.П.Карпова. 1-2 ч. М., Высшая школа. 1991.

  6. Курбангалиева Р.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., Учпедгиз. 1991.



1. XI-XIII asrlarda Angliyada siyosiy markazlashishning boshlanishi. XI asrdagi o'rta asrlar Angliyasi tarixidagi eng yirik voqea Normandiya gersogi Vilgelm boshlik fransuz-normand feodallari tomonidan Angliya istilosi qilinishi bo'ldi. Bu istilo uchun Vilgelm Istilochi degan laqab oldi. 1066 yil 14 oktyabr Vilgelm La-Mansh bugozidan so'zib o'tib, qariyb 15 ming kishilik katta ritsarlar qo'shini bilan Angliyaga bostirib kirdi. Vilgelm qo'shinida faqat normandlargina emas, balki Fransiyaga qarashli boshqa viloyatlarning yer-mulk va krepostnoylar izlovchi ritsarlari ham bor edi. Vilgelmga ro’baro chiqqan ingliz qiroli Garold normandlarning hujumini to’xtata olmadi. Bir qismi ritsarlardan, boshqa bir qismi dehqonlarning piyoda lashkarlaridan iborat bo'lgan ingliz-saks qo'shinlari Gastings shahri yonida jangda batamom mag'lubiyatga uchradi. Garold o'ldirildi. Shundan keyin Vilgelm aylanma yo'l bilan Londonga qarab bordi, so'ng Duvr, Kenterberi va Sautvork shaharlarini bosib oldi. Uning qo'shinlari Londondan yuqoriroqda Temza daryosini kechib o'tdi. London shimoldan kesilib qoldi va u taslim bo'lishi lozim edi.
Vilgelm Istilochi tomonidan Angliya aholisining ro'yxatga olinishi (1086) XI asrdagi g'oyat katta tadbir edi. Angliyada hech qachon ko'rilmagan bu tadbirga aholi qo'rqinch bilan qaradi. Ro'yxatga olish natijasida to'zilgan varaqalar xalq orasida «Dahshatli sud kitobi» deb ataldi. Qirol xazinasi yer egaligining hajmi to'g'risida endi aniq ma'lumotlarga ega ekan, aholi ro'yxati hukumatga «Daniya puli» deb atalgan eski yer solig'ini ko'paytirilgan miqyosda undirish imkonini berdi. Yangi normand-fransuz lordlarining ingliz qishlog'idagi krepostnoy ahvoli rasmiylashtirishga intilishi ana shu ro'yxatda ravshan aks etdi. 1086 yilgi ro'yxatda dehqonlar turli nomlar ostida gavdalandilar: ozod kishilar (kelajakda ular frigolderlar yoki yerni erkin tasarruf qiluvchilar deb ataldilar), sokmenlar, villianlar, bordarilar, kottarilar, shuningdek, ko'pgina mikdorida qullar ham uchraydi. Ammo villanlar ro'yxatda tez-tez uchrab turadilar. XI-XII asrlar sharoitida krepostnoy tabaqa xususiyatlariga ega bo'lgan dehqonlarning bu kategoriyasi (feodal yer-mulki territoriyasida barshchina o'taydigan va shu yerga biriktirib qo'yilgan) ingliz qishlog'ining feodal-krepostnoylik qiyofasini hammadan ko'ra ochiqroq harakterlab beradi. Ammo Angliyaning shimoli-sharqiy qismida, hatto 1086 yilgi ro'yxatda ham, dehqonlarning salkam yarim «erkin kishilar», qisman sokmenlar holatida qolaveradi.
XI asrda Angliya dehqonlarining asosiy qismini «Dahshatli sud kitobi»ga ko’ra 30 akr yerga ega villanlar tashkil qilgan. Ular jamoa mulkidan ham foydalangan ( yaylov, o’rmon, hovuz, daryo va h.). Villanlar barshchina o’tashgan, lordga natural soliq to’lashgan. Villanlar manorlar hayotining asosini tashkil etardi. Normandlar istilosidan oldin ham, ular o`zlarining mahsulotlarining bir qismini xo`jayinlariga bеrar edi. Normandlar istilosidan kеyin, ularning majburiyatlari aniq bеlgilandi. Bu majburiyatlar ikki ko`rinishda edi: barshchina va hashar. Barhchina sifatida villan haftada uch yoki undan ortiq kun manor xo`jaligida ishlab bеrish majburiyati edi. Mahsulot obrogi ham to’lagan. Hashar esa qo`shimcha majburiyat turi bo`lib, uni xohlagan vaqtida talab qilishar edi. Yuqoridagi soliqlardan ikkinchisi, ayniqsa malol kеladigan bo`lib, uni villanlar oila a'zolari bilan birgalikda (qo`y qirqish, g`allani o`rish pallalarida) bajarar edilar. Shuningdеk, villanlar qizlarini erga bеrsalar «nikoh boji» dеb atalgan to`lov to`lardilar. Dеhqonlar bundan tashqari chеrkovlarga ham «o`limdan kеyingi yig`im» dеb atalgan soliq to`lar edilar.
Genrix II davrida (1154-1189) ingliz qirolligining chegaralari g'oyatda kengaydi. O'zining ko'p sonli mulklaridagi moddiy resurslariga tayanib, shuningdek, feodallar o'rtasida bundan oldin yuz bergan o'zaro urushlaridan aholi ichidagi o'rta sinflarning norozi bo'lganligidan foydalanib, Genrix II qirol hokimiyatining obro'-e'tiborini yanada ko'tara oldi. O'z qirolligining boshidanoq u grafliklarga barcha sheriflarini (Angliya grafligida oliy ma'muriy va sud lavozimidagi shaxs) o'zgartirib, ularning o'rniga o'ziga ishonchliroq bo'lgan yangi odamlarni tayin etdi. G'alayonlar mahalida feodallar tomonidan o'zboshimchalik bilan qurilgan «qonunsiz» qasrlarning ko'pchiligi yo'q qilib tashlandi. Ayni zamonda mamlakatda qirollik sudining ahamiyati ortdi. Genrix II ning sud sohasidagi asosiy islohoti sud maslahatchilarining o'rnatilishi edi. Qirol har bir ritsarga, har bir shaharlik va erkin dehqonga feodal va baronlarning sudlariga emas, balki qirollik sudiga murojaat etish huquqini berdi. Genrix II doimiy qo'shin tuzmoqchi bo'ldi. Chunki vassallarning ritsarlik xizmati bir yilda ma'lum kunlar bilan cheklangan bo'lardi, bu esa quruqlikda uzoq urushlar olib borishda o'ng'aysizlik tug'diradi. Shu sababli Genrix II ritsarlarning bir qismini harbiy xizmatdan bo'shata boshladi. Bunday ritsarlar shaxsiy xizmat qilish o'rniga harbiy yoki qalqon solig'i to'lashlari rozi bo'lgan ritsarlarni yoniga yollashi mumkin edi. Qalqon pulining joriy qilinishi muhim ijtimoiy oqibatlarga ega bo'ldi. Bu tadbir tufayli ingliz ritsarlari harbiy-feodal xizmatdan ertaroq ozod bo'lib, tinch qishloq xo'jayinlariga aylana boshladilar. Kelgusida bu holat quyi ingliz dvoryanlarini shahar burjuaziyasi bilan yaqinlashtirishda katta rol o'ynadi.
Genrix II ning o'g'illari Richard I Sheryurak (1189-1199) va Ioann Yersiz (1199-1216) davrlarida qirol hokimiyati zaiflashib qoldi. Richard deyarli Angliyada yashamadi ham, chunki hamisha yoki Sharqda salib yurishi bilan, yo Fransiyadagi urushlar bilan band bo'ldi. Ioann Yersiz Filipp II Avgust bilan ko'rashda doimo muvaffaqiyatsizlikka uchradi va pirovardida, Normandiyani, Anjuni va Fransiyadagi boshqa bir qancha mulklarni qo'ldan boy berdi. Bundan tashqari, yangi Kenterberi arxiyepiskopini saylash masalasiga aralashib, papa Innokentiy III bilan to'qnashib qoldi. Papa Ioanni cherkovdan quvib, butun Angliyada ibodat qilishni man etdi (1208). Taxtdan ajralish xavfi ostida qolgan va jamiyatning yetarlicha qo'llab-quvvatlashga ko'zi yetmagan qirol taslim bo'lishga majbur bo'ldi. U o'zini papaning vassali deb tan oldi va har yili papaning xazinasiga bir ming funt sterling xiroj to'lash majburiyatini oldi. (1213).

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin