3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja


Angliyada parlamentning vujudga kelishi



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə2/4
tarix30.03.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#91383
1   2   3   4
3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja

2.Angliyada parlamentning vujudga kelishi. Papa bilan to'qnashuvdagi muvaffaqiyatsizlik mamlakatda qirolning obro'-e'tiborini juda tushirib yubordi. Ioann va uning amaldorlari qo'llab kelgan har xil ta'magirliklar, nohaq yig'imlar yig'ilishi va zo'ravonliklar qilinishi faqat baronlar va yepiskoplar orasidagina emas, balki ritsarlar va shaharliklar orasida ham qirolga qarshi norozilik tug'diradi. 1215 yilgi Hartiya 63 moddadan iborat katta siyosiy hujjat edi. U lotin tilida tuzilgan edi. Hartiya asosan feodallar sinfining manfaatlarini ko'zda tutuvchi ko'pdan-ko'p yon berishlar va imtiyozlarni o'z ichiga olgan edi. U baronlarga va feodallarga o'z feodlarini meros qilib qoldirishni va «odatga ko'ra» mo''tadil vassalik to'lovlari to'lashni ta'minlar edi. Ular uchun imtiyozli bo'lgan «Tenglar sudi»ni topshirib ko'yildi. Tenglar sudining qonuniy hukmidan va mamlakat qonunlaridan tashqari, Angliyada birorta erkin kishi qamoqqa olinmaydi, avaxtaga qamalmaydi. Feodallar hujjati bo'lgan va avvalo yirik baronlarning manfaatlarini ta'minlagan Buyuk erkinlik hartiyasi, har holda, progressiv ahamiyatga ega edi. Hartiya baronlar ayrim gruppasining talabi bo'lmasdan, balki siyosiy markazlashish printsipini endi rad etmagan, bu prinsip bilan hisoblashgan va davlatni idora qilishni ma'lum darajada tartibga tushirishiga intilgan, umuman, feodal dvoryanlar barcha toifasining ham talabi edi.
Buyuk erkinlik hartiyasining shaharliklar talabini hisobga olishi juda muhim bo'ldi. Angliyadagi uchinchi toifa birinchi marta shu yerda siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdiki, feodallar u bilan hisoblashishga majbur bo'ldilar. Buyuk qirollik kengashi yoki hartiyada eslatib o'tilgan baronlar va ritsarlar parlamenti tez orada (shu XIII asrda) ingliz parlamentiga aylandi. Bu parlamentda fransuzlarning General shtatlaridagiga o'xshash qirollikda uchta toifaning vakillari bor edi.
XIII asr mobaynida Angliyada qishloq xo'jaligi ham, sanoat ham zo'r berib taraqqiy etdi. Yerni ishlash takomillashdi, bu vaqtda agronomiyaga doir turli traktat (ilmiy asar)larning bosilib chiqishi shuni ko'rsatadi. Ikki dalali tizim o'z o'rnini ko'proq uch dalali tizimga bo'shatib beradi. Qoramol ko'proq urchitila boshlashi munosabati bilan dalalarni go'nglash keng ko'llaniladigan bo'ldi. Angliyada ko'ychilik ayniqsa ko'p rivojlana bordi. XII asrda Angliyada dehqonchilik sohasida erishilgan yutuqlarni ana shu fakt ko'rsatib beradiki, bu asrda Angliyada Yevropa qit'asiga ko'p g'alla olib ketilar edi.
Mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining umumiy o'sishi va uning iqtisodining mustahkamlanishi sharoitida XIII asrda rivojlanib borayotgan feodal jamiyatning ijtimoiy ziddiyatlari g'oyat keskinlashdi. Ziddiyatlarning bir yo'li feodallar bilan dehqonlar o'rtasida bordi. Ingliz dehqonlari XIII asrdan boshlab og'ir davrni boshidan kechirar edi. XIII asrda ingliz qishlog'ida asosiy siymo hisoblangan villanlar turar joyiga biriktirilgan bo'lib, xaftalik barshchinani utashga majbur bo'lgan, Lordga nikox solig'i va boshqa boshqa nohaq soliklar tulagan, uning sudiga buysundirilgan tamomila krepostnoy kishi edi. XIII asrdagi ingliz dehqoni aslida villangan emas, balki servga o'xshab ketardi. Ingliz yuristlari «rim huquqi»ni dalil keltirib, villanlar Rim qulining bir turi deb ochiq-oydin fikr bildirgan edilar. Dehqonlarning tez-tez qochishlari, butun jamoa dehqonlarining lord uchun majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishlari bejiz emas edi. XIII asrda Angliyadagi ijtimoiy ziddiyatlarning boshqa bir yo'li bir tomondan, yirik feodallar, ya'ni lordlar, yepiskoplar, yirik monastirlarning abbatlari o'rtasida yuz bergan bo'lsa, ikkinchisi-mayda ritsarlar o'rtasida kelib chiqdi. Yuqorida aytib o'tilgan yirik feodallar mamlakatdagi yerlarning ko'pchilik qismini eg'allab olgan edilar.
Bularning hammasi ritsarlar bilan shaharliklarning birgalikda siyosiy chiqishlar qilish uchun sharoit yaratib berdi. XIII asrning ikkinchi yarmidagi siyosiy voqealar xuddi shuni ko'rsatadi. Ioann Yersiz Buyuk erkinlik hartiyasini imzolar ekan, haqiqatda uni bajarmoqchi emas edi. Ioann Yersizni o'zi ichgan qasamiga rioya qilish majburiyatidan xalos etgan papa Innokentiy III ham qirol tomoniga o'tdi. Ioann baronlar bilan yangi urushga tayyorlana boshladi ham, ammo urush harakatlari ayni qizib turgan paytda qirol o'ldi. Uning vorisi kichik yoshli o'g'li Genrix III (1216-1272) baronlar oligarxiyasi qo'lida uzoq vaqtgacha qirol bo'lib qoldi. Fransiyadan Angliyaga kelgan qarindosh urug'lari va ularning do'stlarini ingliz baronlariga qarshi qilib qo'ymoqchi bo'ldi. Bu esa ingliz baronlari o'rtasida qahr-g'azab uyg'otdi. Dastlabki paytda baronlar ritsarlar bilan kelishib harakat qildilar. Ammo baronlar hokimiyatni faqat o'zlari uchun bosib olishga intilayotganliklari, ritsarlar masalasida noaniq va'dalar berish bilan cheklanayotganliklarini ritsarlar tezda payqadilar. Ular norozilik bildirdilar.
Harakat keyinchalik shaharliklar va bir qancha joylarda dehqonlar, qisman frigolderlar, qisman villanlar kelib qo'shildilar. Baronlar to'dasi bo'linib ketdi. Demokratik elementlarning aktivligidan, xususan, boshlanib ketgan dehqonlar harakatidan qo'rqib ketgan baronlarning ko'pchiligi tezda qirol tomoniga o'tdi. 1264 yil bahorida Simon qirolning tarafdorlari bo'lgan baronlarni yakson qilib, Genrix III ni va uning katta o'g'li shahzoda Eduardni asir qilib oldi. 1265 yili boshida u keng tarkibda parlament chaqirdi: parlamentga baron va yepiskoplardan tashqari, ritsarlarning va shaharlarning vakillari taklif qilindi. Shunday qilib, fransuz General shtatlariga o'xshash, Angliyada birinchi marta uch toifa vakillaridan iborat parlament chaqirildi.
Eduard I (1272-1307) 50-60 yillardagi «g'alayondan» katta saboq olgan hiyla g'ayratli qirol edi. Ayni zamonda 1258-1265 yillardagi baronlar urushi mahalida o'rta va quyi sinflarning harakatidan qo'rqib qolgan feodallar endi qirollik toj-taxt tevaragida mustahkamrok zichlashdilar. Eduard I o'z mavkeini yanada kuchaytirish uchun bir qancha istilochilik urushlari qildi. Eduard I Uelsni istilo qildi (1282) va Shotlandiya bilan uzoq urush olib bordi. Shotlandiya bilan olib borilgan urush og'ir bo'ldi. Urushni davom qildirish uchun yetarlicha mablag'i bo'lmagan qirol juda mushkul bir ahvolga tushdi. 1295 yili qirolning o'zi umum toifaviy parlament chaqirdi. Bu parlamentning tarkibi kelajakda ana shunday yig'ilishlar uchun namuna bo'lganligidan, uni keyinchalik «namunali parlament» deb atadilar.
Fransiya bilan boshlanib ketgan Yuz yillik urush hukumatdan katta pullar talab qildi. Pulga muhtoj bo'lgan qirol har safar parlamentga murojaat etib, undan «subsidiya» yoki «ko'mak» so'rashga majbur bo'ldi. XIV asr ingliz parlamentining huquqi ham asosan rasmiylashdi. 1343 yildan e'tiboran parlament ikki palataga bo'lindi. Yuqori palata l o r d l a r palatasi deb atalib, u ruhoniy lordlar, arxiyepiskoplar, eng yirik monastirlarning abbatlari va dunyoviy lordlar (baronlar)dan iborat bo'lardi. U m u m p a l a t a s i deb atalmish quyi palata grafliklarning vakillari bo'lgan ritsarlar va shaharliklardan iborat bo'lardi.
XIV-XV asrlarda Angliyadagi shahar idorasi tobora ko'proq yopiq sex-oligarxiya harakteriga ega bo'ldi. XIV asrdan boshlab ritsarlar grafliklardagi hokimiyatni o'z qo'llariga kiritib olib, bu vaqtga kelganda endi bozor, savdo-sotiq bilan, ba'zan esa sanoat bilan ham yaqindan bog'langan qishloq xo'jayinlariga aylangan edilar. XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab tuzilgan murosaga keltiruvchi sudyalar degan yangi mansab, ritsarlarning joylardagi siyosiy hokimiyatning ifodasi edi. Ritsarlar bu mansabni bepul bajarar edi.
XIII asrning ikkinchi yarmida va xususan XIV asrda Angliya o'z iqtisodida yana ancha katta siljishlarni boshidan kechirdi. Flandriya bilan va quruqlikdagi boshqa mamlakatlar bilan olib borilgan qizg'in savdo-sotiq munosabatlari ingliz qishlog'ini keng bozor aloqalariga tortdi. Angliya shaharlarning, avvalo Londonning o'zining o'sishi, Fransiya shaharlaridagi singari qishloq xo'jaligining boshqa mahsulotlariga – g'alla, go'sht, sut mahsulotlari, teri va hokazolarga bo'lgan talabni tobora oshirdi. Pul xo'jaligining rivojlanishi Angliyadagi krepostnoy yer –mulkining – manorning yemirilishiga sabab bo'ldi. Lordlar barshchinani pul obrogi bilan ayirboshlashni foydaliroq deb bilardi. Bunday paytda ular o'zlariga qarashli yerlarni (domenlarni) kam yerli dehqonlar orasidan chiqqan yollanma ishchilar mehnati bilan ishlaydigan bo'ldilar. Ba'zi bir lordlar hech kanday xo'jalik yurgizmay, yillik pul rentasi olishni afzal ko'rib, o'z domenlarini ijaraga berardilar.
Kommutatsiya XIII asrdayoq katta yutuqlarga erishdi. XIV asrning birinchi yarmida bir qancha tumanlarda kommutatsiya barshchinani batamom siqib chiqardi. Kommutatsiya birinchi galda eng badavlat dehqonlar uchun foydali edi. XIII asr boshida o'rta hol dehqonlar kommutatsiyadan ko'pincha voz kechar edilar. Chunki ularning pul topishlari qiyin edi. Vaqt o'tishi bilan, qishloqda pul miqdori ko'payishi bilan o'rta hol dehqonlar ham kommutatsiya o'z ahvollarini yaxshilashishi bilib, unga boshqacha nazar bilan qaraydigan bo'lishdi. Ammo lord belgilangan pul rentasining g'oyat yuqori ekanligidan dehqonlar norozi edilar. Ba'zi bir grafliklarda, chunonchi, Kent grafligida dehqonlar kam yerlikdan qattiq jafo chekar edilar. Lordlar bekor yotgan yerlarni bosib olib va dehqonlarni foydalanib turgan yaylovlaridan siqib chiqarib, jamoa o'tloqlarini qisqartirmoqda edi. Bularning hammasi dehqonlar orasidagi norozilikning tobora kengroq o'sib borishiga sababchi bo'ldi.
1348 yilda Angliyada dahshatli vabo epidemiyasi (yuqumli kasallik) avj oldi, zamondoshlar uni «qora o'lat» deb atashdi. Shu yuqumli kasallik natijasida mamlakat aholisining qariyb to'rtdan uch qismi halok bo'ldi. Ishchi qo'llarning kamayishi shaharning ham, qishloqning ham ahvoliga yomon ta'sir ko'rsatdi. Ishchi qo'llar ancha qimmatlashdi. Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizlik munosabati bilan XIV asrning 60 – 70 yillaridagi Angliyaning ahvoli mushkullashdi.
Eduard III (1327-1377 yy.) hukumati 1349 yil chiqargan «Ishchi qonunlari to`g`risida ordonans»ga ko’ra, har bir 12 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkak va ayol o’z yeri va yashahs uchun boshqavositasi bo’lmasa, epidemiya tarqalishidan avvalgi maosh bilan ish taklif qilgan kishiga yollanishga majbur edi. Bo’ysunmaslik yoki muddatidan avval ketib qolish uchun qamoq jazosi qo’llanilgan. Ishga yollovchilar ham yuqori maosh tayinlashsa, jarima to’laganlar. «Ishchi qonunlari to`g`risida ordonans»da ishlamasdan tilamchilik va o`g`irlik qilib yurish taqiqlanadi. Hatto, tilamchilarga sadaqa qilganlarga ham qamoq jazosi
bеriladi. Ammo bu ordonans joylarda bajarilmadi, dеhqonlar va hunarmandlar bir grafliklardan ikkinchi grafliklarga qochib o`tishni davom ettirdi. Yirik feodallar barshchinani tiklash evaziga ishchi kuchini saqlab qolishga harakat qilganlar. «Ishchi qonunlar» va feodal zulm aholining noroziligiga, sinfiy kurashning keskinlashuviga sabab bo’ladi. 1377 yil parlament 14 yoshdan oshgan har bir kishi jon solig’I to’lashi haqida qaror qabul qiladi. Bu aholining qattiq noroziligiga olib
keladi va 1381 yilgi qo’zg’olonga bahona bo’ladi. Bu qo`zg`olon tarixda Uot Taylеr qo`zg`oloni nomi bilan ma'lum.

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin