3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja



Yüklə 48,11 Kb.
səhifə3/4
tarix30.03.2023
ölçüsü48,11 Kb.
#91383
1   2   3   4
3-mavzu. XI-XV asrlarda Angliya Reja

3.Uot Tayler qo'zg'oloni. 1380 yilning noyabr oyida parlamеnt qirol Richard II ga armiyani ta'minlash uchun va qirollikni himoya qilish uchun har bir 15 yoshdan yuqori bo`lgan erkak va ayoldan jon boshiga (gadoylardan tashqari - P.Sh.) uch grotdan soliq undirishga ruxsat bеrdi (3 grot funtning 1/20 qismiga tеng bo`lgan). Shu yo`l bilan parlamеnt 100 ming funt stеrling pul yig`moqchi edi. Richard II tomonidan e'lon qshshngan jon solig`i xalqning sabr kosasini to`ldi-rib yubordi. Bu soliq qishloqlarda dеhqonlarning qahr g`azabini kuchaytirdi va 1381 yilgi qo`zg`olonga yеtaklagan so`nggi bahona bo`ldi.
1381 yilgi qo'zg'olondan avvalgi yillarda ingliz qishlog'ida va'zxonlar paydo bo'lib, ular o'zlarini «faqir poplar» deb atardilar. Bular ingliz cherkovining mashhur reformatori Jon Viklefning shogirdlari edilar. Pop va Oksford universitetining professori Jon Viklef (1320-1384) XIV asrning 60-70 yillarida cherkovni reforma qilish kerak, degan talab bilan chiqdi. Cherkov papasiz yashay olmaydi va papa hokimiyati qirollik hokimiyatidan yuqori turishi lozim degan o'rta asr katolitizmi ta'limotini J.Viklef rad qildi. Viklefning chiqishi ideologiya jixatdan katta ahamiyatga ega bo'ldi. Viklef XVI asrda Yevropada yuz bergan Yevropa reformatsiyasi muxlisilaridan biri edi. Yuz yillik urush mahalida Angliya papalikka nisbatan g'oyat dushmanlik munosabatlarida bo'ldi, bu vaqtda fransuz qirollari ta'sirida bo'lgan Avinon papalari Angliyaga qarshi fransuz hukumatiga har qanaqa qilib bo'lsa ham yordam berardilar. Viklef reformasi London shahri aholisi orasida ham zo'r shuhrat qozondi. Cherkov diniy marosimlari soddalashtirilishi va arzonlashtirilishi kerak hamda cherkov biror-bir ajnabiy kuchga qaram bo'lmagan mustahkam milliy tashkilotga aylanishi lozim, degan Viklefning chaqiriqlari Londonda, shuningdek, boshqa joylarda xususan Angliyaning eng rivojlangan janubida va janubi-sharqida unga ergashgan bir guruh muxlislarni keltirib chiqardi. Viklefning Angliyadagi muxlislari lollardlar deb atalardi.
Uot Tayler qo'zg'oloni 1381 yil may oyining oxirida janubiy-sharqiy Esseks grafligida boshlandi. Dehqonlar bu yerda jon solig'i yig'uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o'ldirdilar. Shundan keyin villanlar manor egalariga qarshi ko'tarildilar. Qo'zg'olon Esseksdan qo'shni grafliklarga-Kent, Sefolk, Norfolk va boshqa graliklarga ko'chdi. Qisqa bir fursat ichida qo'zg'olon Angliya grafliklarining katta bir qismiga yoyildi. Dehqonlar dunyoviy va ruhoniy lordlarga qarashli manorlarni yakson qildilar, ulardagi g'alla, chorva mollari va boshqa mol-mulklarni bosib oldilar, manor arxivlarida saqlangan barshchinaga va obrok majburiyatlariga doir ro'yxatlarni yondirib tashladilar. Qo`zg`olonga Kеntlik tunukasoz Uot Taylеr boshchilik qildi. Ko`zg`olonchilar soni tеzda 110 ming kishiga еtdi. Shundan 50 ming kishi kеntliklar, 60 ming kishi essеksliklar edi.
Uot Tayler g'ayratli boshliq bo'lib chiqdi. U qiroldan dehqonlar talabini qondirishga erishmoq uchun qo'zg'olonchilarni qirollik poytaxti Londonga olib borishga qaror qildi. Londonga borishning o'zini u to'g'ri o'yladi va bu chora tez amalga oshirildi. London shahri ma'murlari dehqonlarning London ko'prigidan o'tib, shahar darvozasi orqali London Sitisiga kirishlariga monelik qilmadilar.
Uch kun mobaynida, ya'ni 1381 yilning 13,14 va 15 iyun kunlari qo'zg'olonchi dehqonlar Angliya poytaxtining xo'jayinlari bo'lib qoldilar. Qirollik ministrlarining ba'zilari-ular orasida qirollik kantsleri Simon Sedberi va lord-xazinachi Xeyls-qatl qilindilar. Londondagi turmalarning hammasi ag'dar-to'ntar qilindi. Qo'zg'olonchilar London sudining asosiy arxivini bosib olib, uni o'tda yoqib yubordilar. Yirik binolardan qirolning amakisi, Lankasterskiy gersogining saroyi vayron qilib tashlandi.
Uot Taylеr boshchigidagi dеhqonlar qo`zg`oloni davomida dеhqonlar talabi ifoda etilgan ikkita programma mavjud edi va ular qo`zg`olonchilarning Mayl-End va Smitfildda qirol bilan uchrashuvlarida oldinga surildi. Bu talablar tarixda «Mayl-End» va «Smitfild programmalari» dеgan nom olgan. 1381 yilning 14 iyunida Mayl-End dеgan London chеkkasidagi kichkina bir joyda qo`zg`olonchilar talablarini qirol Richard II ga tutqazib, bu talablar yozilgan qog`ozni imzolashni talab qildilar. Bu talablar quyidagilardan iborat edi: 1)Angliada birorta villan bo`lmasligi, ya'ni krеpostnoylik bеkor qilinishi; 2)Qirol tomonidan qo`zg`olonda ishtirok etganlarga umumiy avf bеrilishi; 3)Barchaga savdo yuritish erkinligi bеrilishi; 4)7 akrgacha bo`lgan yеrni sotib olishda uning bеlgilangan narxdan (4 pеnsdan) qimmat sotilishiga yo`l qo`yilmasligi kеrak.
Bu talablarda siyosiy xususiyatga ega talablar yo`q edi. Qirol bu talablarni qondirishni bildirdi va qo`zg`olonchilarni har qaysi qishloqdan 2-4 kiitadan vakil qoldirib, tarqalishlarini so`radi. Qolgan vakillarga yuqoridagi talablarning qondirilganligi to`g`risidagi yorliqni topshirishni bildirdi. Essеks aholisi villanliqtsan ozod qiluvchi yorliq bilan chеgaralanib, uylariga tarqab kеtdilar. Londonda faqat Uot Taylеr, Jon Boll rahbarligi ostidagi kеntliklar qolishdi. Kеntliklar essеksliklarning radikal xaraktеrda bo`lmagan bir taraflama talablaridan
qanoatlanmagan edilar.
Kеntliklar o`zlarining talablarini qirol oldiga Smitfild dеgan joyda tutqazdilar. Unda quyidagi radikal talablar oldinga surilgan edi:
1) Chеrkov yеrlari sеkulyarizatsiya qilinsin;
2) Qirollikda bitta yеpiskopliqdan boshqa umuman yеpiskoplik bo`lmasin;
3) Angliyada villanlik bo`lmasin;
4) Qiroldan boshqa barcha kishilarning huquqi tеng va o`zlari ozod bo`lsinlar, ya'ni toifaviy tafovutlar yo`qotilsin;
5) O`rmon va daryolardan hamma tеng foydalansin. O`rmonlarda boy sеnorlar
va amaldorlar singari odtsiy xalq ham ov qilish huquqiga ega bo`lishi
kеrak va h.k.
Qirol bu talablarni ham bajarishga rozi bo`ldi, ammo qirol bilan ikkinchi uchrashuv chog`ida Uot Taylеr London shahrining meri tomonidan o`ldirildi. Uot Taylеr o`ldirilgach, rahbarsiz qo`zg`olonchilarni tor-mor qilish uncha qiyin bo`lmadi. Qirollik tomonidan tashkil qilingan jazo guruhlari qo`zg`olon qatnashchilarini shafqatsizlarcha qirg`in qildilar. Shu tariqa Angliyadagi eng yirik
dеhqon qo`zg`olonlaridan biri qonga botirildi. Bunga sabab, odatdagi uyushqoqsizlik, kuchlarning bo'linib ketganligi, dasturning yetarli darajada aniq bo'lmaganligi va qo'pol taktik xatolarga yo'l qo'yilishi bo'ldi. Ingliz dehqonlari qirol bizning tarafamizni oladi, deb soddadillik bilan ishonardilar. Dehqonlar o'zlari eng yomon ko'rgan amaldorlarning adabini berib, hatto o'z hukumatlarini tuzishga intilib ham ko'rmadilar.
1381 yilgi qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramay, u ingliz dehqonining bunday keyingi taqdiriga har holda katta ta'sir ko'rsatdi. Qo'zg'olon ancha katta va qudratli bo'ldi, bu qo'zg'olondan keyin esa pomeshchiklarga barshchinani jiddiy suratda qaytadan tiklash haqida o'ylashga endi to'g'ri kelmadi. 1382 yilda va undan keyingi yillarda ayrim grafliklardagi dehqonlar feodallarga qarshi qaytadan qo'zg'olon ko'tarishga urindilar. Lordlar yon berishga majbur bo'ldilar. Shu sababli, 1381 yildan keyin kommutatsiya jarayoni yanada kuchaydi. Qo'ychilik tobora kuchayib, unda barshchina keraksiz bo'lib qoldi. XV asrda yanada ko'proq mustaqil xo'jalik yurgizuvchi erkin dehqonlardan iborat edi.
XV asr mobaynida Angliyada feodalizmning yemirilishi yanada zo'raydi. Mamlakatning umumiy xo'jaligida sanoatning ahamiyati kuchaydi. Angliyada movut sanoati ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Angliyada yuqori sifatli movut navi yetishtirilib, uning bir qismi chet ellarga ko'plab chiqariladigan bo'ldi. Jun yigirish va to'qish, shaharlardan tashqari, kustarchilik kasbi formasida qishloqlarga ham keng tarqaldi. XV asrda ingliz savdogarlari turli dengizlarda o'z savdo-sotiq ishlarini keng yoya boshladilar. Shu munosabat bilan ingliz kemasozligi zo'r berib rivojlana bordi. Dengizlarning narigi tomonlariga borib savdo qiluvchi yirik savdogarlarning bir qismi XV asrning 70-yillarida savdogar avantyuristlarning birinchi dengiz savdo kompaniyasini tuzdi. Bu savdo kompaniyasi, avvalo La-Mansh va shimoliy dengizdagi movut savdosini o'z qo'liga monopoliya qilib oldi.

Yüklə 48,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin