3-mavzu: Yerning geografik qobig’i Reja: Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari


Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə6/9
tarix18.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#100037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-Ma\'ruza. Geografik qobiq

5. Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari.
Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug‘— havo qobig‘i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta’sir etib turadi.
Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori chegarasi 2 ming km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera massasining 99,5 % i 80 km gacha bo‘lgan quyi qismiga to‘g‘ri keladi.
Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo‘lib 1774- yilda fransiyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78 % azot, 21 % kislorod va 1 % boshqa gazlar uchraydi. Yer o‘ziga tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam troposfera (yunoncha, burilish) Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo harorati dengiz sathida +14 °C bo‘lsa, troposferaning yuqori chegarasida –55 °C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80%i to‘g‘ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog‘inlar, shamollar) shu qatlamda kuzatiladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8—9 km. Havo harorati har 100 m balandlikka ko‘tarilganda o‘rtacha 0,6 °C soviydi. Troposferadan yuqorida stratosfera (50—55 km gacha), mezosfera (80—85 km gacha), termosfera (1 000 km gacha), ekzosfera (2 000 km gacha) joylashgan (1- rasm).



1-rasm. Atmosferaning tuzilishi.
Iqlim hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi iqlimining xilma-xil bo‘lishiga, asosan, uchta omil ta’sir etadi. Geografik kenglik omili harorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning zonal tarqalishiga olib keladi. Havo haroratining Yer yuzasida tarqalishi quyosh energiyasiga bog‘liq. Ekvatordan har ikkala qutblar tomon havoning o‘rtacha yillik harorati 25—26 °C dan –10 °C gacha pasayib boradi. Iqlimning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yog‘in miqdori va doimiy shamollar iqlim hosil qiluvchi ikkinchi omil—atmosfera bosimi va havo massalariga bog‘liq. Troposferaning bir xil xususiyatga ega bo‘lgan katta hajmdagi havolari havo massasi deb ataladi. Yer yuzida ekvatorial (issiq va nam), tropik (issiq va quruq), mo‘tadil (iliq va nam), qutbiy, ya’ni arktika va antarktika (sovuq va quruq) havo massalari mavjud. Bular shu ketma-ketlikda ekvatordan qutblarga tomon har ikkala yarimsharda almashinadi. Uchinchi iqlim hosil qiluvchi omil—yerusti tuzilishi tabiat komplekslarining xilma-xil bo‘lishiga iqlim orqali ta’sir etadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin