3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9.5.Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlarning hisobi 
 
Korxonalar o‘zlarining yaqin kelajakda kutilayotgan harajatlari va to‘lovlari uchun , 
masalan joriy va kapital ta’mirlash uchun, xodimlarga mehnat ta’tili hisoblash uchun va 
boshqalar uchun, rezerv tashkil qilishlari mumkin. Bunday rezervni tashkil etishdan 
asosiy maqsad bo‘lib kutilayotgan harajat va to‘lovlarni hisobot yili oylari bo‘yicha teng 
taqsimlab borish hisoblanadi. Rezerv tashkil qilishning me’yorlari va tartibi korxonaning 
hisob siyosatida belgilangan bo‘lishi lozim. Tashkil etilgan rezerv korxonaning 
harajatlariga olib boriladi va u quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi: 
Debet 2010,2310,2510,2710,9420,9430 (harajatni aks ettiruvchi schyotlar) 
Kredit 8910 “ Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar”
Rezervning ishlatilishi 8910 “Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar” 
schyotining debetida va qilingan sarflarni aks ettiruvchi schyotlarning (1010-1090, 
6710,6520,6890,2310,2510,2710 va boshqalar) kdeditida aks ettiriladi. Ishlatilmay 
qolgan rezerv summasi hisob siyosatida ko‘zda tutilgan tartibga ko‘ra kelgusi yilga 
o‘tqazilishi, shuningdek harajatlarni kamaytirishga olib borilishi yoki korxona 
daromadiga olib borilishi mumkin, ya’ni: 
Debet 8910 “ Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar” 
Kredit 2010,2310,2510,2710,9420,9430 ,9390 
Rezervlarning analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi. 
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 
1.Xususiy kapital - bu
a) korxonaning aylanma aktivlari 
b) korxonaning qarzlari 
v) olinadigan schyotlar 
g) korxonaning majburiyatlari chegirib tashlangandan so‘ng qolgan aktivlari 
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri 
a) Ustav kapitali ta’sis badalini kiritilishiga qarab shakllanadi 
b) Ustav kapitali korxona ta’sis etilgan sanada vujudga keladi
v) Ustav kapitali rezerv summasiga oshiriladi 
g) Ustav kapitali majburiyatlar summasiga kamaytiriladi 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin