182
oshiq muddatda) o‘ndirib olinmagan qarzlarni korxona foydasiga o‘tqazishdan olingan
daromadlar mos ravishda kreditorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (
6010,6110,6710,6720, 6910-6990 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks
ettiriladi. Yil yakunida 9360- schyotning kreditida to‘plangan summa
uning debetiga va
9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
•
9370 “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklardan olingan daromadlar” – ushbu passiv va
vaqtinchalik schyotning kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan (
sog‘liqni saqlash bo‘linmasi, sartoroshxona,
kutubxona, bolalar bog‘chasi va boshqa
muassasalari, sanatoriylar, oshxona,
mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar)
olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks
ettiruvchi
schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 4890 “Boshqa
debitorlarning qarzlari” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9370- schyotning
kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija”
schetining kreditiga yoziladi
va shu asosda u yopiladi
•
9380 “ Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” - ushbu passiv va vaqtinchalik
schyotning kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan
olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 0100 “Asosiy
vositalar schyoti”, 1000 “Materiallar schyoti” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil
yakunida 9380- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “
Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi
•
Dostları ilə paylaş: