183
berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi.
Ushbu
daromadlarni hisoblanishi 4850 “Olinadigan royalti” schyotining debetida va 9510
“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510-
schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy
natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Dividendlar – bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun
hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashga asos bo‘lib aksionerlik jamiyatining
dividendning hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi hisoblanadi. Ushbu
xabarnomada jami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i
summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi.
Agar xabarnomada dividend
solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‘lsa, u holda ushbu soliqni dividend olgan korxona
to‘lashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar 4840 “ Olinadigan
dividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividend ko‘rinishidagi daromadlar”
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schyotning kreditida to‘plangan
summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va
shu asosda u yopiladi.
Dostları ilə paylaş: