3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

10.3.Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi 
 
21-son BHMSga muvofiq asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlar 
quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 

9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda” –bu passiv va 
vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa 
chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida 
olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda asosiy vositalarning sotish 
(berish ) qiymatidan ularning qoldiq qiymatini va sotishdan olingan QQS summasini 
ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich qiymati 500000 
so‘mlik, jamlangan eskirish qiymati 300000 so‘mlik kompyuter 440000 so‘mga sotildi 
deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda 40000 sumni ((440000 – 200000) 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


181 
*20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 200000 sumni ( 440000-200000-
40000) tashkil qiladi. Ushbu foyda summasi debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqimi” 
schetda va kredit 9310 “ Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda”schyotida aks 
ettiriladi. 
Yil yakunida ushbu 9310- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 
9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 

9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda” - bu passiv va vaqtinchalik 
schyotda korxonalar o‘zlarining turli boshqa aktivlarini, masalan materiallarini, xo‘jalik 
inventarlarini, nomoddiy aktivlari va boshqa aktivlarini sotishdan va boshqa 
chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida 
olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish 
(berish ) qiymatidan ularning tannarxini (qoldiq qiymatini) va sotishdan olingan QQS 
summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, tannarxi 50000 so‘mlik 
material 72000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda
12000 sumni (72000 *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 10000 sumni ( 
72000-50000-12000) tashkil qiladi. Nomoddiy aktivlarni sotishdan (berishdan) olingan 
foyda xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek topiladi. Boshqa aktivlarni chiqimidan 
olingan foyda summasi debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqimi” schetda va kredit 9320 
“Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”schyotida aks ettiriladi. Yil yakunida
9320- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi 
moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin