3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar deganda boshqa yuridik shaxslarga berilgan 
qarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar tushuniladi. Ushbu foizlarning miqdori 
tuzilgan shartnomalar asosida hisoblanadi. Foiz ko‘rinishidagi hisoblangan daromadlar 
4830 “ Olinadigan foizlar” schyotining debetida va 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi 
daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9530- schyotning kreditida 
to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga 
yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
 
Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta 
schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar
bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari tushuniladi. Ushbu daromad har oyning oxirida 
5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 
4000 “Olinadigan schyotlar”, 4300 “Ta’minotchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklar 
hisobi schyotlari” va boshqa chet el valyutasida hisobi yuritilgan debitorlik qarzlar 
schyotlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki e’lon qilgan kurslar 
asosida hisoblanadi. Hisoblangan ijobiy kurs farqlari yuqorida keltirilgan schyotlarning 
debetida va 9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar” schyotining kreditida 
aks ettiriladi. Yil oxirida 9540- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‘p 
muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning 
summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida hisoblanadi. Hisoblangan daromad 
summasi 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” 
schyotlarining debetida va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar” 
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‘plangan 
summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va 
shu asosda u yopiladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin