184
Hisoblangan daromad summasi 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”,
5800 “ Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari”ining debetida va 9560
“Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar” schyotining kreditida aks
ettiriladi. Yil oxirida 9560- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlarning
analitik hisobi
ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
10.5.Favqulotdagi daromadlarning hisobi
21-son BHMSga muvofiq favqulotdagi daromadlarning hisobi 9710 “Favqulotdagi
foyda” schyotining kreditida hisobga olinadi. Bunda
favqulotda olingan yoki
hisoblangan foydaning turini ko‘rsatuvchi schyotlar
( 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar) debetlanadi. Yil oxirida 9710-
schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi
moliyaviy
natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari
1.Quyidaginin qaysi biri to‘g‘ri
a) daromad –bu majburiyatlarni
oshishi
b) daromad –bu harajatlarni oshishi
v) daromad – bu olinadigan
schyotlarning kamayishi
g) daromad –bu aktivlarni ko‘payishi
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
a) Sotishdan olingan daromad – bu moliyaviy faolitdan olingan daromad
b) Foizlar –bu asosiy faoliyatdan olingan daromad
v) Ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘ –bu favqulotdagi daromad
g) Materialni sotishdan olingan foyda – bu asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha
daromad
Dostları ilə paylaş: