3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Boshqa operatsion harajatlar” -



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9430 “Boshqa operatsion harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) 
schyotning debetida yil maboynida sotish va boshqaruvdan tashqari umum faoliyatga 
doir davr harajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk, ekolgiya, yer, suv va 
boshqa davr harajatlariga olib boriladigan soliqlar, pesiya fondiga va yo‘l fondiga 
majburiy ajratmalar , mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi 
operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq 
turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Boshqa operatsion 
harajatlar» nomli bo‘limida to‘lig‘icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu 
schyotning 
debetida 
va 
bu 
harajatlarni 
ifodalovchi 
schyotlarning 
kreditida 
(1000,5110,5010, 6400,6710,6520,6990,9210,9220 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi. 
Yil oxirida 9430- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 “Oxirgi 
moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 

9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”- 
ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonani kelgusi 
faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi 
texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa 
shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan 
harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va 
sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning 
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» nomli 2- ilovasida 
to‘lig‘icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 
10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi.
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi 
schyotlarning kreditida (1000,5110,5010,6010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks 
ettiriladi. Yil oxirida 9440- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 “ Kelgusida soliq bazasidan 
chegiriladigan hisobot davr harajatlari” schyotida belgilangan muddat ichida aks ettirilib 
boriladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin