3120 “Oldindan to‘langan xizmatlar haqi”-ushbu aktiv, doimiy schyotning
debetida yil maboynida oldindan to‘lovi o‘tqazib qo‘yilgan xizmatlar haqi, masalan,
obuna haqlari, sug‘urta haqi va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda to‘lov shakliga ko‘ra
5010,5020,5110,5210,5220 schyotlar kreditlanadi. 3120- schyotning debetida aks
ettirilgan va to‘plangan xizmat haqi summasi hisobot davri oylarida bir maromda ushbu
schyotning
kreditiga
va
korxonaning
harajatlari
schyotlarining
(0800,2010,2310,2510,9410,9420) debetiga yoziladi. Ushbu schyotning hisobot davri
oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan xizmat haqi to‘lovlari
summasini bildiradi.
•
3190 “Boshqa oldindan to‘langan harajatlar” - ushbu aktiv, doimiy schyotning
debetida hisobot davrida kelgusida bajariladigan va yakunlanadigan ishlar va xizmatlar
uchun sarflangan harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning
debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida (1000,2800,5010,
5110,5120,5210,5220,6010, 6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi.
Kelgusida bajarilishi ko‘zda tutilgan ish, xizmatlar uchun qilingan oldindan to‘lovlar
hisobot davriga kelib harajat yoki aktiv sifatida tan olinishi mumkin. Aktiv sifatida tan
olingan oldindan to‘lovlar 0400 “Nomoddiy aktivlar hisobi schyotlari”, 2800 “tayyor
mahsulotlar hisobi schyotlari” va boshqa aktivlarni aks ettiruvchi schyotlarning debetiga
va 3190 –schyotning kreditiga yoziladi. Aktiv sifatida tan olinmagan oldindan to‘lovlar
hisobot davri harajatlariga (0800,2010,2310,2510,9410,9420) olib boriladi. Ushbu
schyotning hisobot davri oxirida qolgan qoldiq summasi kelgusi davrga taalluqli bo‘lgan
to‘lovlar summasini bildiradi.
Kelgusi davr harajatlarining analitik hisobi har bir schyotda harajat moddalari va
harajat ob’ektlari (yo‘nalishlari) bo‘yicha olib boriladi.