Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. Bunday
harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan
korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir
yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda
berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq
muddatli kechiktirilgan harajatlar” va 3220 “Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha
kechiktirilgan harajatlar” schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 “Uzoq
muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar” va 6830 “Qisqa muddatli to‘lanadigan
obligatsiyalar” schyotlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan
diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schyotdan
3220- schyotning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular
bo‘yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan hisobot
yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya’ni 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi
harajatlar” schyotiga , o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi qoldig‘i
kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan
harajatlarning summasini ifodalaydi.
•
Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar. Ushbu harajatlarga yuqoridagi
gupuhlarga kirmay qolgan muddati kechiktirilgan harajatlar, masalan mavsumiy
ishlaydigan korxonalarda mavsum oldidan bajarilgan ishlarga sarflangan tayyorgarlikga
sarflangan harajatlar, kiradi. Ushbu turdagi harajatlarning bir yildan ortiq muddatga
tegishli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli uzaytirilgan harajatlar” va bir yilgacha
muddatga tegishli qismi 3290 “ Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar” schyotlarida
hisobga olinadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan harajatlarning kelgusi
joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0990- schyotdan 3290- schyotning debetiga
o‘tqaziladi. Isobdan chiqarish davri kelgach 3290- schyotda aks ettirilgan muddati
uzaytirilgan
harajatlar
joriy
yilning
harajatlarini
aks
ettiruvchi
schyotlarga
(2010,2310,2510,9410,9420 va boshqalar) olib boriladi. 0990 va 3290- schyotlarning
debet qoldig‘i kelgusida korxonaning joriy harajatlariga olib boriladigan muddati
uzaytirilgan harajatlarining summasini ko‘rsatadi. Muddati uzaytirilgan harajatlarning analitik hisobi ularning turlari, hisobot davrlari
va hisobdan chiqarish muddatlari bo‘yicha olib boriladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com