196
XII-bob. OXIRGI MOLIYAVIY NATIJALAR VA ULARNI
ISHLATILISHINING HISOBI
12.1.Oxirgi moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
va ular hisobining vazifalari
O‘zbekiston
Respublikasida
korxonalar
faoliyatining
oxirgi
moliyaviy
natijalarining ko‘rsatkichlari, ularni shakllanishi va hisobga olinishi «Mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari
hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish to‘g‘risida Nizom» da, shuningdek oxirgi yillarda qabul qilingan BHMS
larda , shu jumladan 1,2,3, 21-
son BHMS larda, atroflicha ochib berilgan.
Ushbu me’eriy hujjatlarga muvofiq korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy
natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
1. Sotishdan olingan foyda yoki zarar (Fs ) yoki (Zs)
Fs (Zs) = St –Ts, mos ravishda
Fs = agar St > Ts , Zs = agar St< Ts
Bu yerda: St – sof tushum, Ts –sotish tannarxi
2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar (Faf) yoki (Zaf)
Faf (Zaf) = Fs (Zs) –Dx + Bod
Bu yerda: Dx- davr harajatlari; Bod – asosiy faoliyatdan olingan boshqa
operatsion
daromadlar.
3.Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlar (
Fux) yoki (Zux)
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf – Zmf
Bu yerda: Fmf – moliyaviy faoliyatdan
olingan foyda;
Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar
4.Soliqgacha foyda yoki zararlar (Fst) yoki ( Zst)
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff –Fz
Bu yerda: Fd –favqulotdagi foyda; Fz – favqulotdagi zararlar
Dostları ilə paylaş: