197
•
Soliqga tortiladigan daromad (Std)
Std = Fst (Zst) + Stx + Sbx – Schx –D – F
Bu yerda: Stx –soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar;
Sbx –hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekinda
kelgusida chegirilib boriladigan harajatlar;
Schx –soliq bazasidan hisobot davrida chegiriladigan harajatlar;
D –olingan
dividendlar;
F- olingan foizlar
•
Soliqga tortiladigan foyda (Stf)- bu soliqga tortiladigan daromaddan foyda
(daromad) solig‘ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan harajatlarni
ayirgandan keyin qoladigan
foyda summasi, ya’ni :
Stf = Std –I
Bu yerda : I – imtiyoz sifatida soliqga tortiladigan daromaddan chegiriladigan
harajatlar.
Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar deganda «Mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari
hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda
soliqgacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr
harajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar tarkibida aks ettirilgan harajatlar
(masalan, me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, me’yordan ortiq reklama va
vakolatlik
harajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali aloqa harajatlari,
korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlaridan ko‘rilgan
zararlar, ko‘rsatilgan
xomiylik summalari va boshqalar) tushuniladi. Bunday harajatlarning to‘liq ro‘yxati
Nizomning 1-ilovasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan korxonalar soliq solish
bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil
hisoblashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i
hisob-kitobining alohida
satrida (020-satr) ko‘rsatishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: