3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


203 
XIII-bob. MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISH
 
 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lgan
moliyaviy hisobotni tuzish mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda 1209-tartib raqam bilan 
ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar» 
ga muvofiq amalga oshiriladi. Quyida moliyaviy hisobotning alohida shakllarini ushbu 
Qoidalar asosida tuzish tartibiga to‘xtalamiz. 
 
13.1.Buxgalteriya balansini tuzish 
 
 
Buxgalteriya balansi (1-son shakl) hisobot davrining boshi va oxiriga xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va ularning tashkil topish manbalarining holatini pulda 
aks etuvchi hisobot shaklidir. Buxgalteriya balansini tuzish uchun joriy davr 
yakunlangach quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim: 

Bosh kitobda ochilgan barcha sintetik schyotlar yopiladi, ya’ni ularning debet va 
kredit oborotlari summalari jamlanadi va oxirgi qoldiqlari topiladi; 

Bosh kitobda ochilgan sintetik schyotlarning bosh qoldig‘i, debet oboroti, kredit 
oboroti va oxirgi qoldig‘ining ularga ochilgan analitik schyotlarning (jurnal-orderlar, 
qaydnomalar, memorial-orderlar, kartochkalar va boshqalar) yig‘ma ma’lumotlari ( mos 
ravishda bosh qoldiq, debet oborot, kredit oborot, oxirgi qoldiq) bilan uyg‘unligi 
ta’minlanadi. Bunday uyg‘unlikning bo‘lmasligi xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya 
hisobi schyotlarida aks ettirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligidan darak beradi. 
Uyg‘unlikni ta’minlash uchun schyotlarga yozuvlar analitik schyotlar bo‘yicha qayta 
tekshirilib chiqilishi lozim, tegishli hollarda aniqlikga erishish uchun o‘zaro hisob-
kitoblarning holati taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 

Barcha moddiy boyliklarni aks ettiruvchi schyotlar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini 
aniqligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida ularning davr oxiridagi holati 
inventarizatsiya qilinadi. Bu, ayniqsa, pul mablag‘lariga, tovar-moddiy boyliklarga
shuningdek hisob-kitoblarga bevosita taallluqlidir. Hisobot davri oxirigacha ikki-uch oy 
oldin muddatda inventarizatsiyadan o‘tqazilgan moddiy boyliklar, masalan asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish ishlari, bo‘yicha inventarizatsiyadan 
keyingi ma’lumotlar hujjatlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi. 

Bosh kitobda ochilgan sintetik schyotlar bo‘yicha yig‘ma oborot qaydnomasi 
tuziladi, unda uchta juft tenglikni ( aktiv va passiv schyotlar bo‘yicha mos ravishdagi 
debet va kredit bosh qoldiqlar, debet va kredit oborotlar, shuningdek debet va kredit 
oxirgi qoldiqlar summalarining tengligi) mavjudligi tekshiriladi.
Yuqorida keltirilgan ishlar amalga oshirilgach, bevosita buxgalteriya hisobi 
schyotlarining oxirgi qoldiq ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansining tegishli 
moddalariga Qoidaga muvofiq o‘tqaziladi. Kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi 
sharoitida schyotlarning ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi avtomatik tarzda 
shakllanadi. Buning uchun kompyuter xotirasida schyotlar va balans moddalari 
o‘rtasidagi bog‘liklik klassifikatori, shuningdek bunday bog‘liqlik asosida balans 
moddalarini shakllantirish algoritmlari va dasturiy ta’minoti mavjud bo‘lishi lozim.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


204 
Buxgalteriya balansini tuzish uning tasdiqlangan shaklida keltirilgan rekvizitlarni 
to‘ldirish, shunigdek uning har bir moddasi qarshisiga tegishli schyotlarning davr 
oxiridagi qoldiq summalarini ming so‘m hisobida yozish orqali amalga oshiriladi.
Summasi mavjud bo‘lmagan moddalar qarshisiga chiziqcha qo‘yiladi. Balans
moddalarining summalari ikkita bo‘lim, bo‘limlar ichida esa alohida guruhlar 
bo‘yicha jamlanadi va ular balansning alohida satrlarida ko‘rsatiladi. Ikkita bo‘lim
bo‘yicha jamlangan summalar balansning oxirgi satrida qo‘shib yoziladi, ushbu summa
“balans valyutasi” deb ataladi va u korxonaning barcha aktivlarining va barcha 
passivlarining umumiy summasini ifodalaydi. 
Buxgalteriya balansining oxirida alohida jadval ko‘rinishida balansdan tashqari 
schyotlarda hisobga olinadigan qimmatliklarning davr boshi va oxiriga mavjudligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. 
Buxgalteriya balansining satrlari Qoidaga muvofiq quyidagi tartibda to‘ldiriladi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin