Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari) “ Kredit 6610 “To‘lanadigan dividendlar”
•
Korxonaning rezerv kapitaliga ajratma summasiga Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ Kredit 8520 “Rezerv kapitali”
•
Hisobot yilning taqsimlanmay qolingan sof foydasi o‘tgan yillarning jamlangan foydasiga qo‘shilsa Debet 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ Kredit 8720 “Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar)”
Agar o‘rtoqchilik jamiyati hisobot yili yakuni bo‘yicha zarar bilan chiqgan bo‘lsa,
ushbu zarar summasi 8720 “Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar” schyotining debetiga
o‘tqaziladi, ya’ni:
Debet 8720 “Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “
Shunday qilib, o‘rtoqchilik jamiyatlarida hisobot yilning oxiriga 8710 “Hisobot
davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ schyoti to‘lig‘icha yopiladi va
ushbu vaqtinchalik (tranzit) schyot qoldiqga ega bo‘lmaydi.
Aksionerlik jamiyatlarida 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) “ schyotida to‘plangan foyda yoki zarar summasini aksionerlar
yig‘ilishi qarorisiz taqsimlab bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
aksionerlarning umumiy yig‘ilishlari kelgusi yilning 1 may oyigacha o‘tqaziladi. Shu
sababli aksionerlik jamiyatlarida 8710 “Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) “ schyotida to‘plangan foyda yoki zarar summasi kelgusi yilga
qoldiq sifatida o‘tqaziladi, u faqat hisobot yili foydasi (zarari) taqsimlangach yopiladi. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari